Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
21:57 / 2023-06-02

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 70 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Olimpiadaning birinchi turi yozma, ikkinchi turida esa test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ishtirokchilar 7 ta oltin, 14 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

[gallery-12200]

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning 3 nafari oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov ham bor.

— Oltin medalni qo‘lga kiritish uchun juda ko‘p o‘qidim, —deydi Elbek Zohidjonov. — Xalqaro olimpiada bo‘lgani uchun savollar ancha murakkab bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da ham yozma, ham test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdim.

Qozog‘istonlik Alinur Nessipbek ham oltin medalni qo‘lga kiritganidan mamnunligini, O‘zbekistonga birinchi bor kelishi va yurtimiz unda juda yaxshi taassurot qoldirganini ta’kidladi. Ayniqsa, tengdoshlari bilan birgalikda O‘zbekiston bog‘i hamda muzeylarga uyushtirilgan sayohatlar unda o‘zgacha taassurot o‘yg‘otgan.

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasida oltin, kumush hamda bronza medallarni qo‘lga kiritgan g‘oliblar mutasaddilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Nigora Rahmonova, Alimurod Mamadaminov, (foto) O‘zA