Al-Quvayt va Samarqand o‘rtasida aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Quvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi 2023 yilning 1 martidan Al-Quvayt va Samarqand shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
“Airbus A320” samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozlar haftada ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlariga mo‘ljallangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Quvaytning mazkur avitashuvchisi O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda Toshkent va Namangan shaharlariga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan boshlagan.
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 martidan Samarqanddan Nukus, Mo‘ynoq, Termiz shaharlariga ham muntazam qatnovlar boshlanadi. Bu ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar uchun katta qulaylik yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 oktyabridan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan.
G‘.HASANOV,
O‘zA