French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga IB Jahon maktabi maqomi berildi
12:33 / 2025-12-29

Yaxshi xabar

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati O‘zbekiston ta’lim tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi. Davlatimiz rahbarining 2025 yil 15 maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati qisqa muddatda xalqaro natijaga erishdi.

Ya’ni, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda davlat tasarrufidagi “International Baccalaureate (IB) Diploma” dasturini amalda joriy etgan birinchi maktab sifatida e’tirof etildi. Unga IB Jahon maktabi maqomi berildi, deyiladi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lumotida.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, International Baccalaureate (IB) xalqaro darajadagi ta’lim dasturi bo‘lib, 1968 yilda tashkil etilgan. IB dasturi dunyo bo‘ylab maktablarda o‘qitiladi va u talabalarni akademik, madaniy va shaxsiy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, IB diplomi ko‘plab xalqaro universitetlar tomonidan tan olinadi va oliy ta’limga kirishda afzallik beradi.

Alohida ta’kidlash joizki, IB tashkilotining 58 yillik faoliyati davomida, dunyo bo‘ylab 5 800 dan ortiq IB maktablar orasida ilk bor davlat maktabi atigi 4 oy ichida akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu — Yangi O‘zbekiston ta’lim salohiyatining jahon miqyosida tan olinishidir.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida maktabdagi yaratilgan ta’lim muhiti, boshqaruv tizimi, o‘quvchilar va ota-onalarning mas’uliyatli yondashuvlari alohida e’tirof etildi .

Endilikda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida IBDP dasturining joriy etilishi orqali o‘quvchilarni Harvard, MIT, Oxford, Cambridge, Stanford, Columbia kabi dunyoning yetakchi universitetlariga to‘liq grant asosida maqsadli tayyorlash imkoniyati yaratildi.

M.Hojiakbarova, O‘zA