English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Al-Beruniy» III xalqaro shaxmat turniri qizg‘in pallaga kirdi
18:06 / 2026-02-18

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida mukofot jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi «Al-Beruniy» III xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa to‘rt guruh – «Masters», «Challengers», «Futures» va «Open» yo‘nalishlarida tashkil etilgan. Turnir yakuniga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: «Masters» guruhida – 9 ming, «Challengers»da – 5 ming, «Futures»da – 3 ming va «Open» yo‘nalishida – 2 ming AQSH dollari.

[gallery-27729]

Beshinchi tur yakunlariga ko‘ra, «Masters» guruhida Aram Xakopyan 5 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda. «Challengers» guruhida Aditya Mittal 4 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi.

«Futures» guruhida Aldiar Ansat va Artur Davtyan 3,5 tadan ochko bilan peshqadamlar safida. «Open» guruhida esa Behruz Umarov, Eldiyar Orozbayev va Saidamin Omonov 5 tadan ochko jamg‘argan holda guruhda yetakchilik qilmoqda.

Xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari 21-fevral kuni aniqlanadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA