Al-Aqso masjidi imomi qo‘lga olindi
Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, Sharqiy Quddusda Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidi hovlisiga reyd uyushtirib, Imom Muhammad Ali Abbosiyni hibsga olgan. Isroil politsiyasi amaliyot uchun hech qanday asos keltirmagan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu harakat Tel-Aviv hukumatining Al-Aqso masjidi, shuningdek, majmua imomlari va ko‘ngillilariga nisbatan cheklov kuchaytirilishi jarayonining bir qismi bo‘lishi mumkin.
Isroil nazoratidagi Sharqiy Quddusning Eski shahar hududi va Al-Aqso masjidi atrofida keskin xavfsizlik choralarini qo‘llash, xususan falastinlik ulamolar va faollarni ushlash, ularni masjdiddan chiqarib yuborish orqali jazolash orqali keskinlik kuchaytirilayotgani aytilmoqda.
G.Sattorova, O‘zA