Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aktam Xaitov “Ishga marhamat” monomarkaz faoliyati bilan tanishdi
12:42 / 2022-01-20

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Nukus shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi ochilgan edi. Oldingi Nukus kommunal-xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosining bir qismi qayta rekonstruksiyalanib, “Nukus agrosanoat qurilish-montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 10,5 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Mazkur markazda ishsiz, band bo‘lmagan aholini 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 19 ta kasb-hunarga va 3 ta xorijiy tillarda o‘qitish tashkil qilingan.

Faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan monomarkazda shu kunga qadar servis va xizmat ko‘rsatish, texnik soha, rus va koreys tillari, kompyuter dizayni dasturlari, arxitektura va kompyuter savodxonligi bo‘yicha 1295 nafar tinglovchi jalb qilingan bo‘lsa, shundan 718 nafari bitirib chiqdi.

Spiker o‘rinbosari markazda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, hokim yordamchilari uchun monomarkazga ekskursiya tashkil etish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, hokim yordamchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari bilan birgalikda ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham takliflar bildirib o‘tildi. Shu tariqa 8100 gektar yer maydonida dexqon xo‘jaligini tashkil etish, tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha 14 foizgacha kreditning berilishi, parrandachilik, quyonchilik, baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha 300 million so‘mgacha garovsiz kredit olish kabi imkoniyatlaridan foydalanish zarur.

Uchrashuv davomida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini tinglovchilarga kengroq tushuntirish maqsadida Memorandum tuzishga kelishib olindi. Markaz qoshida partiyaning boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, bir qator xodimlar partiya safiga a’zolikka qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA