Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aktam Haitov ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashdi
14:28 / 2022-08-02

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida pedagog-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va partiyaning faollari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Haitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri S.Turmanov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa har bir sohani isloh etish borasida qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi.

Har bir sohadagi o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash maqsadiga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartishlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari Qonunchilik palatasida qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchayganligi, qonun loyihalarini partiyalar fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini eshitish amaliyoti shakllanganligi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA