Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aktam Haitov: “Shoshma-shosharlik bilan yirik binolarni bayramga qurib bitkazish odatiga nuqta qo‘yish kerak”
17:20 / 2019-12-20

Bugun Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning press-kofe formatidagi dasturi O‘zbekistondagi mavjud besh partiyaning rahbarlarini ochiq muloqotga yig‘di.


Bugun Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning press-kofe formatidagi dasturi O‘zbekistondagi mavjud besh partiyaning rahbarlarini ochiq muloqotga yig‘di.

Anjumanda partiya rahbarlari 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod qismida ro‘y bergan falokatga o‘z munosabatlarini bildirdilar.

Partiya rahbarlari vaziyatda xavfsizlik choralari ko‘rilmagani va erta bitirishga shoshma-shosharlik bo‘lganini tanqid ostiga oldilar.

“Yunusobod metrosining qurilishi paytida sodir bo‘lgan fojianing takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz kerak“, dedi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov.

O‘zLiDeP siyosiy kengashi raisi Aktam Haitov fojiada deputatlarni ham aybladi. 
“Yunusobodda yangi qurilayotgan metroda sodir bo‘lgan hodisada xalqimiz farzandlari, yosh yigitlar halok bo‘ldi. Prokuratura yaqin kunlarda holat aybdorlarini o‘rganib, xulosalarini aytadi. Biroq bu hodisaning sodir bo‘lishi – sohadagi qonunlar ishlamayotganini ko‘rsatadi. Toshkentdagi metro qurilishidagi fojia shuni ko‘rsatadiki, qurilish sohasidagi qoidalar va standartlar ishlamayapti. Bu yerda partiyalarning ham aybi bor. Shoshma shosharlik bilan yirik binolarni bayramga to‘g‘rilab qurib bitkazish odatiga nuqta qo‘yadigan vaqt keldi. Asosiysi sifat ekanligini unutmaylik”, dedi O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov.