Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AKT: Ta’lim va samaradorlik
17:35 / 2019-10-30

Yoshlar ma’naviyati, ularning o‘z fikrini to‘g‘ri va mantiqiy ifodalashi, og‘zaki nutqi ravonligi, adabiy til qoidalariga amal qila bilishi, kitobga qiziqishi maktabda ona tili va adabiyoti fani o‘qitilishi bilan bevosita bog‘liq.


Yoshlar ma’naviyati, ularning o‘z fikrini to‘g‘ri va mantiqiy ifodalashi, og‘zaki nutqi ravonligi, adabiy til qoidalariga amal qila bilishi, kitobga qiziqishi maktabda ona tili va adabiyoti fani o‘qitilishi bilan bevosita bog‘liq.

Buxoro shahridagi 28-umumta’lim maktabida “Ona tili va adabiyoti darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonida samarali tatbiq etish davr talabi” mavzuida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ana shu haqda so‘z bordi.

Tadbirda shahar xalq ta’limi mutaxassislari, ona tili fani o‘qitilishida tayanch maktabi sanalgan 9-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi pedagoglari ishtirok etdi.

– Har bir fan bo‘yicha oyliklar o‘tkazish an’anasining ahamiyati katta, – deydi mezbon maktabning til va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dildora G‘afforova. – U bilim maskanlarida u yoki bu predmet o‘qitilishini tahlil qilish, ta’limda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ona tili va adabiyoti fani va Davlat tili oyligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinish sanasiga hamohang o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Biz oylik davomida ko‘plab bilim targ‘iboti tadbirlari, insholar va rasmlar tanlovlari, davra suhbatlari o‘tkazdik.

Ta’kidlash kerak, amalga oshirilgan mana shu ishlar seminar ishtirokchilariga taqdimot etildi.

Faqat bugina emas. Maktabga tashrif buyurgan mutaxassislar mazkur ta’lim maskani o‘qituvchilari tomonidan “Alisher Navoiy ijodining badiiy va tarbiyaviy ahamiyati“, “Juft va takroriy olmoshlar”, “Harakat nomi”, “To‘ldiruvchi haqida ta’limot” mavzularida o‘tkazilgan ochiq darslarini ham kuzatdi. Guruhlarga bo‘lingan holda olib borilgan mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik usullardan foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning mavzuga qiziqishini oshirdi, ular darsda o‘z fikrlarini erkin bayon etdi. Innovatsion ta’lim muallimlarning bolalar bilan ishlashda, o‘quvchilarning esa mavzuni o‘zlashtirishida afzalligi namoyon bo‘ldi.

– Bilasizmi, ba’zi maktablarda o‘tkazilgan ochiq darslarda yoqimsiz holatlarni kuzatganman, – deydi tadbirga taklif qilingan 19-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Feruza Mansurova. – Mashg‘ulotlar jarayonida ko‘pincha, oldindan kelishib qo‘yilganidek, a’lochi o‘quvchilar savollarga javob berishadi. Axir bu bilan, sinfda o‘zlashtirish darajasini baholab bo‘lmaydi-ku. Seminar o‘tkazilgan maktabda meni mamnun etgani shu bo‘ldiki, bu yerda bilim saviyasidan qat’i nazar, barcha faol. Demak, o‘quvchi darsda mavzuni tushunishga, ilmga intiladi.

Seminar doirasida ”Muqaddassan, munavvarim – Ona tilim” mavzuda seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ochiq darslar tahlil etildi. Yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbirda mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida ta’lim tizimi oldidagi vazifalar haqida ham so‘z yuritildi.

Maktabda kitobxonlikka qiziqish katta. Bilim dargohi kutubxonasi a’zolari soni ko‘payib borayotir. Yana muhimi, kutubxona fondi yangi badiiy asarlar hisobiga boyimoqda. Tadbir jarayonida ular ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bilim maskanida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyati Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusga muvofiq, qayta tashkil etilmoqda. Seminar davomida o‘quvchilarning she’riyat mushoirasida, namoyish etilgan sahna ko‘rinishlarida ona tilimiz muqaddasligi tarannum etildi.