Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AKT sohasiga daxldor masalalar o‘rganildi
17:36 / 2024-10-04

Buxoro viloyatining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Olot tumanida aholi vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 150 ga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Olot tumani hokimligi, vazirlikning Buxoro viloyati hududiy shu’basi, “O‘zkomnazorat” Buxoro viloyat hududiy shu’basi hamda tizim tashkilotlarining viloyatdagi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda raqamli ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdi.

Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga daxldor o‘zlarini qiynayotgan muammolar, masalalarni ko‘tarib chiqdi.  

Raqamlashtirish sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan bu masalalar qatorida yurtdoshlarimiz sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va istaklarini bildirdi.

Mobil aloqa va “O‘zbektelekom” AK ko‘chma savdo shoxobchalari tomonidan sayyor qabulga kelgan fuqarolardan xizmatga ulanish uchun arizalar qabul qilindi va aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal qilib berildi.

Shuningdek, mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan muammo va masalalarni Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi mas’ul shaxslar o‘rganib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri