O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “ICTWEEK UZBEKISTAN - 2024” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida AKT sohasidagi zamonaviy o‘zgarishlar, yoshlarni IT sohasiga jalb qilish va ularni ish bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Haftalikda Yaponiya, Koreya, Xitoy, Qatar, Latviya kabi mamlakatlarning milliy pavilonlari o‘rin oldi. Ularning yetakchi IT kompaniyalari o‘zining yangi innovatsion dasturiy mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Tadbir ishtirokchilari uchun yirik xorijiy hamda eksportga yo‘naltirilgan mahalliy kompaniyalar, o‘yin va robototexnika sanoati, elektronika, dasturiy ta’minot va texnik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar bilan muloqot qilish imkoniyati yaratildi.
To‘rt kun davom etadigan mazkur haftalik davomida vazirlik va idora xodimlari, xorijiy tashkilotlar hamda kompaniya vakillari turli mavzularda ma’ruzalar qilishi kutilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_BNGKkLuX9g?si=z68DVwzwPWB_LkEO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N. Rahmonova, O‘zA