Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AKT cohasidagi bilimlarni puxta egallash –davr talabi
09:10 / 2018-02-24

Toshkentdagi Inha universitetida harbiy xizmatchilar uchun murabbiy-o‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi.

Toshkentdagi Inha universitetida harbiy xizmatchilar uchun murabbiy-o‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. Ularda tahsil olgan Vatan himoyachilari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirib, egallagan bilim va ko‘nikmasini kelgusida o‘z xizmatdoshlariga yetkazadi.

Bunday kurslar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Kurslarning o‘quv dasturi ilg‘or komputer va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning professional faoliyatida qo‘llaniluvchi uslub va usullarni o‘rganishni talab qiladi. U olti bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqichda 60 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Kelgusida o‘z qism va bo‘linmalarida mashg‘ulotlar olib boruvchi 360 nafar murabbiy-o‘qituvchini tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Toshkentdagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tajribali o‘qituvchilari rahbarligida harbiy xizmatchilar qator foydali ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, jumladan, kiberxavfsizlikka qarshi kurash va pedagogika sohasidagi bilimlarini oshiradi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida murabbiy-o‘qituvchi maqomini beruvchi sertifikatga ega bo‘ladi.