"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni bojxona sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash borasida samarali faoliyat olib borayotgan — Adenbayeva Aksungul Jengisbayevna.
2009 yil Oliy harbiy bojxona institutini tamomlagan. Shuningdek, 2023 yilda Buyuk Britaniyaning Brayton shahrida joylashgan University of Sussex universitetining magistratura ta’lim dasturini "Global ta’minot zanjiri va logistikani boshqarish" mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlagan.
Aksungul Jengisbayevna bojxona organlarida 17 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda. U xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tashkilotlar bilan ishlash hamda xalqaro so‘rovnomalarni muvofiqlashtirish yo‘nalishlarida katta amaliy tajribaga ega.
Aksungul Jengisbayevnaning ko‘p yillik samarali xizmati va kasbiy faoliyati e’tirof etilib, "Davlat bojxona xizmatiga 30 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PZZHNTV8efA?si=cGRuXAa684cDWf2g" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA