English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksiz markasi bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi
14:06 / 2023-01-23

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig‘iga ega bo‘lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalardan biri hisoblanadi.

Kuni kecha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda raqamli markirovka kodlari bo‘lmagan qiymati qarib 144 million so‘mlik 4 ming 798 quti “VELO” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.   

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.   

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslar O‘zbekiston hududiga 10 quti miqdoridagi tamaki mahsulotlarini bojsiz olib kirishlari belgilangan.   

O‘zA