French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tanlov e’lon qiladi
18:34 / 2018-07-20

Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan loyihachi tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan loyihachi tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

Tanlov maqsadi:Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan loyihachi tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

1. Amalga oshirish muddati: 45 kun

2. Loyiha qiymati: 800 000 000 so‘m

3.Buyurtmachi: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki.

Buyurtmachi manzili: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 46-uy.

4. Loyihani moliyalashtirish: Bank o‘z mablag‘lari hisobidan.


5. Quyidagi tashkilotlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:


5.1. Qaytatashkil topish, tugallanish va bankrotlik holatida bo‘lgan;

5.2. Belgilangan muddatda tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarini taqdim etmagan;

5.3. Buyurtmachi bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlarni kerakli tarzda bajarmagan tashkilotlar.

6. Tanlov ishtirokchilari quyidagi talablarga javob berishlari shart:

6.1. III– toifa (kategoriya) maxsus litsenziyaga ega bo‘lishi;

6.2. Ko‘p qavatli binolar (7 etajdan yuqori)ni loyihalash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;

6.3. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan tajribaga ega bo‘lishi lozim;

6.4. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha zarur bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi lozim;

6.5. Shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik muomala huquqiy layoqat va vakolatlarga ega, tajribali va ishonchli bo‘lishlari shart.

7. Tanlov ishtirokchisi tashkilot haqida alohida, narxlari bo‘yicha alohida konvertda hujjatlarni taqdim etishi shart:

7.1. Birinchi konvertda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

- Tanlovda ishtirok etish uchun ariza xati(ilovadagi 1-shaklga ko‘ra);

- Da’vogarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi hujjatlari nusxasi;

- Tashkilot to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot (ilovadagi 2-shaklga ko‘ra);

- davlat ruyxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvoxnoma nusxasi;

- loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha litsenziya nusxasi;

- tashkilot tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan tashkilotlar ro‘yxati;

- Tanlov ishtirokchisidan uning qayta tashkil topish, tugallanish va bankrotlik holatida emasligi, Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida emasligini tasdiqlovchi kafolat xati;

- shuningdek, 6.1,6.2, 6.3, 6.4 va 6.5-bandlar bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar.

7.2. Ikkinchi konvertda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

- Moliyaviy tijoriy taklif (ilovadagi 3-shaklga muvofiq).

8. Tanlov taklifi doirasida taqdim qilinadigan barcha hujjatlar to‘liq to‘ldirilishi, Tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi, barcha hujjatlar tikilgan, nomerlangan va Tanlov ishtirokchisining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

9. Tanlov hujjatlari bir nusxada muhrlangan va tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili tomonidan imzolangan ikki qavatli konvertda taqdim qilinishi kerak. Imzolashva muhrlash konvert yelimlangan joyida bajarilishi lozim. Tashqi konvertda Ishchi organning nomi, manzili, tanlov predmeti, Tanlov ishtirokchisining to‘liq nomi keltiriladi.

10. Tanlov ishtirokchisi hujjatlarni to‘liq va belgilangan tartibda taqdim etmagan holatda Tanlov komissiyasi ushbu ishtirokchini tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.

11. Tanlovda qatnashish bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlarni – Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy yokiaksiyadorlik tijorat Xalq bankiga telefon bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin (ilovadagi 4-shaklga muvofiq).

Telefon: (94) 610-55-75 Ergashev Odil,(71) 268-97-01 Kan Anatoliy Sergeyevich.
e-mail: marketing@xb.uz

12. Tanlovda ishtirokchilarning takliflari 2018 yil 18 avgustga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagihttps://xb.uz/uz/info/aksiyadorlik-tijorat-xalq-banki-tanlov-elon-qiladi-0 manzildan olishingiz mumkin.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida