Aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishning ba’zi masalalari
Oliya Sheraliyevna QUVATOVA mustaqil izlanuvchi Toshkent moliya instituti Toshkent, O‘zbekiston oliyakuvatova0808@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishning muhim jihatlariga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishda aksiyadorlik jamiyatlari duch keladigan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha bir qator muhim masalalar va tavsiyalar ilgari surilgan. Shuningdek moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari, aksiyadorlik jamiyatlarining investitsiya faoliyatidagi resurslar va xatarlarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: investitsiyalar, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy risklar, moliyaviy ko‘rsatkichlar xavfsizligi, aksiyadorlik jamiyatlari.