Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksiya doirasida ko‘ngillilar jam bo‘ldi
13:46 / 2022-06-02

Toshkent shahar Qon preparatlari ilmiy ishlab chiqarish korxonasida «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan «Bor mehrimiz senga, bolajon» deb nomlangan donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, yilda 2 marotaba o‘tkaziladigan (1 iyun – Xalqaro bolalar kuni hamda 3 dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan) mazkur aksiya doirasida ko‘plab ko‘ngillilar tashrif buyurib, bemor bolajonlar uchun beg‘araz qon topshirishdi.

Donorlar tomonidan aksiyaga nisbatan qiziqish ortayotgani bu kabi xayrli tadbirlarni yilda 2 marotaba emas, har oyda ko‘plab o‘tkazish maqsadga muvofiqligini anglatmoqda. Erta tongdan aksiya joyida hozir bo‘lgan ko‘plab ko‘ngillilar qatorida deputatlar, partiya xodimlari ham donorlikka hissa qo‘shdi.

Donor bo‘lish nafaqat savobli amal, balki inson organizmi uchun ham foydali ekanligini bilganlar aksiya ishida davomiy tarzda jonbozlik ko‘rsatishga va’da qildi.

Kuni bilan davom etgan aksiyada donorlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehriniso BOBONAZAROVA, 

«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi matbuot kotibi