Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksiya: “16 kun zo‘ravonliksiz!”
09:58 / 2022-12-16

Zo‘ravonlik keng tarqalgan ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan “16 kun zo‘ravonliksiz!” aksiyasi jahonning 187 ta mamlakatida o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda ham bu aksiya keng miqyosda davom etmoqda.

Namanganda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi vakillari Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, xotin-qizlar bilan ayni shu mavzuda suhbatlashdi.

– Zo‘ravonlikdan erkaklar ham jabrlanishi mumkin, lekin xotin-qizlarning jabrlanish ehtimoli ko‘pligi, zo‘ravonlik turi, og‘irlik darajasi va kelib chiqadigan oqibatlarni inobatga olgan holda partiyamizning “Ayollar qanoti” bo‘limi tomonidan jabrdiyda xotin-qizlarga yaqindan yordam berib kelinmoqda, – deydi O‘zMTDP Namangan viloyati kengashi raisi Dilnoza Azizova.  

Monomarkazda kasb-hunar o‘rganayotgan ayollarni nafaqat ishlari, balki turmush sharoitlari bilan ham tanishib, bandligini ta’minlashga yordam ko‘rsatilayotgani qayd etildi. Bu yerda ko‘plab ayollar xorijiy tillarni o‘rganib, kasb-hunar egallab, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Suhbat davomida monomarkazda kasb-hunar egallayotgan xotin-qizlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA