Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksil hujum reja asosida davom etmoqda...
21:22 / 2023-07-27

Rossiya – Ukraina

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga Rossiya tomonining Ukrainadagi jinoyatlariga oid ma’lumotlarni Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ga berish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Reuters” o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.
Agentlik ta’kidlashicha, Pentagon avvalroq bu ishga qarshi chiqib, AQSHning XJS bilan har qanday hamkorligi “chet ellardagi amerikalik harbiylarning siyosiylashgan sud tergoviga yo‘l ochib beradi”, degandi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti otashkesinni to‘xtatish jarayonini nazorat qilish uchun Ukrainadagi inqiroz hududiga kuzatuvchilar yuborishi mumkin, ammo buning uchun hali vaqt yetilmagan. Tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid shunday bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “tomonlardan talab tushishi kerak, hozircha bunday harakat sezilmadi”.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ta’kidlashicha, “Aksil hujumni davom ettirish uchun Kiyevda quvvat yetarli, Ukraina rahbariyati harakatni qachon davom ettirishni o‘zi hal qiladi”.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi Kiyevning aksil hujumga o‘tishdagi muammosi G‘arb yetarli darajada yordam bermayotgani bilan bog‘liq, degan gaplari noto‘g‘riligini ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlar Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan va Ukraina Prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Yermak Kiyevda “adolatli dunyo” g‘oyasini muhokama qildi. Bu haqda Jon Kirbi xabar berdi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippining “Daily Telegraph” nashriga aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari aksil hujumi G‘arb hamkorlari ko‘magida ishlab chiqilgan reja asosida davom etmoqda.

Ukraina –NATO kengashining kechagi yig‘ilishida Kiyev hamkorlari bilan Qora dengizda xavfsizlik chorasini kuchaytirish rejasi muhokama qilingan. Bu haqda TIV ma’lum qildi.

Vengriya Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasi o‘tkazishda vositachilik qilish ehtimoliga ko‘ra, Rossiya bilan munosabatni davom ettirish niyatida. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto “NHK” telekanaliga intervyusida gapirgan.

Kecha Budapeshtda “Vengriya dunyo doirasi” tadqiqot tashkiloti tashabbusi bilan o‘nta siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari ishtirokida “Tinchlik uchun forum” o‘tkazildi. 200 kishilik mitingda Ukrainadagi harbiy harakat kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatning bu mojaroga qo‘shilib qolmasligi bo‘yicha chaqiriqlar yangragan.

Ukraina hukumati bu yil mamlakatda uchuvchisiz boshqariladigan uchoq jihozlari ishlab chiqarish uchun uchun qariyb 1,1 milliard mablag‘ ajratgan. Bu haqda Bosh vazir Denis Shmigal ma’lum qildi.

Ukrainada harbiy holat va safarbarlik tartibi muddatini 90 kunga uzaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlab qo‘yildi, deb yozdi ijtimoiy tarmoq orqali Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak. Parlament deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qilishicha, Ukraina chegarachilari barcha rasmiylar va deputatlardan alohida ruxsat bo‘lmaguncha, mamlakatdan chiqib ketmasligi to‘g‘risida farmoyish olgan.

“Safarga chiqish istagida bo‘lganlarga Prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermakdan ruxsat zarur”, degan deputat.

Abror XON, O‘zA