Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi
19:19 / 2023-04-26

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga oid murojaatlar bildirildi.

[gallery-11594]

Murojaatlarning aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullar biriktirildi. Ijrosi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning mintaqaviy vakilligi tomonidan nazoratga olindi. Ushbu ommaviy sayyor qabulda bildirilgan murojaatlar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)da muhokama etilishi belgilandi.  

– Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda, – deydi mintaqaviy vakil, senator Abira Huseynova. – Sayyor qabul aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rishga qaratildi. Barcha murojaatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish va o‘rnatilgan tartibda hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA