Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksariyat murojaatlar ijobiy hal etildi
15:30 / 2026-01-12

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov tashabbusi bilan fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, shuningdek, aholining muammolarini hal etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, aholi vakillarining turli darajadagi rahbarlar bilan bevosita muloqotini ta’minlash mexanizmi joriy etilgani jamoatchilik bilan ochiq va samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda hamda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga qulaylik yaratish, ularning ichki ishlar sohasiga oid murojaatlarini eshitish maqsadida boshqarma binosida o‘tkazilgan qabul davomida asosan ichki ishlar tizimi va boshqa masalalarga oid murojaatlar eshitildi. 

Qabul davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish yoki hal etilishi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari