Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akmila MUHIDDINOVA: “SPEKA e’tirofi” xalqaro mukofoti ayollar uchun kuchli rag‘bat!
18:02 / 2023-12-03

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPEKAga 25 yil: barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy sheriklik istiqboli” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etgan mahalliy va xorijiy ekspertlar qatori Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Akmila Muhiddinova Boku sammitida bildirilgan ayollar kengashini tuzish taklifi xususida so‘z yuritdi:

Prezidentimiz BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi davlat va hukumat rahbarlari sammitida mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Davlatimiz rahbarining, jumladan, mintaqaviy taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlaridan biri – SPEKA ishbilarmon ayollar kengashini tuzish to‘g‘risidagi taklifi barchada qiziqish uyg‘otdi.

Barcha jabhalarda, xususan, iqtisodiyotda xotin-qizlar ishtiroki kengayishi jamiyat barqarorligini oshirishga ko‘maklashadi. Ayni payt O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining 41,2 foizini tashkil etayotgan ayollar kichik biznes sohasida ham salmoqli ulushga ega. Ular farovonlikni oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda va tizimli qo‘llab-quvvatlash xotin-qizlar iqtisodiy imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat bozorida ayollar ishtiroki 25 foiz oshsa, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5 foiz o‘sadi.

Shavkat Mirziyoyev ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini inobatga olib, mintaqa mamlakatlari ravnaqi va iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan ayollarga “SPEKA e’tirofi” xalqaro mukofoti ta’sis etishni taklif qildi.

Bu g‘oya tadbirkor ayollarni sezilarli darajada rag‘batlantirib, ilg‘or tashabbuslar yanada ko‘payishiga imkon beradi.

Umuman, O‘zbekiston yetakchisi ushbu muhim jihatga alohida e’tibor qaratgani nafaqat milliy, balki mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish, dastur doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay muhit yaratadi.

O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.