Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akmal Saidovning Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
23:29 / 2015-02-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 16-fevral kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasining raisi I.Jo‘rayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, viloyat teleradiokompaniyasi raisi U.Nusurov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzodning dasturida o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash va boyitish, uning yutuqlarini navqiron va barkamol avlod orasida keng targ‘ib qilish, mamlakatda huquqiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashni ta’minlash muhim vazifalar qatorida qayd etilgan.

Uchrashuvda Qarshi davlat universitetining professori N.Shodmonov va boshqalar nomzodning dasturi haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.