Akmal Nur: san’atda ham raqobat kerak (+video)
Har bir xalq, har bir millat faqat o‘zigagina mansub bo‘lgan qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish jarayonlarida badiiy san’atning o‘rni va mohiyati yanada muhim kasb etmoqda. Negaki taraqqiyotga, barqarorlikka erishishda ma’naviy tafakkurning yuksakligi asosiy omil hisoblanadi. Bugungi kunda urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni asrab-avaylashda mo‘yqalam sohiblarining ham munosib o‘rni bor. Ana shunday vatanparvar rassomlardan biri Akmal Nurdir.
Bugungi "Rassom ustaxonasi" ruknida suhbatdoshimiz O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi va akademiya raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, davlat mukofoti laureati, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi — Akmal Vahobjonovich Nuriddinov bo‘ladilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MYDOUwQTD4Y" title=""Rassom ustaxonasi": Akmal Nur" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA