"Rassom ustaxona" loyihasining bu galgi qahramoni asarlarida ichki tug‘yon, atrof-muhitda bo‘layotgan munosabatlar, quvonch va anduh bilan bog‘liq his-tuyg‘ular, tabiatni sevish, muhabbatli oila, hayotning muqaddasligi keng tasvirlanadi. Uning ijodiy ishlari Shveysariya, Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Italiya, Avstraliya, AQSH, Isroil, Marokash, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston muzeylarida, xususiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni o‘z asarlari orqali butun dunyoga mashhur qilib kelayotgan mo‘jizaviy mo‘yqalam sohibi — Akmal Nurdir.
Akmal Vahobjonovich Nuriddinov 1959 yil 27 fevralda Namangan shahrida tug‘ilgan. U Toshkentdagi P.Benkov nomidagi Rassomlik bilim yurtida, Mannon Uyg‘ur nomidagi Teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. 1990 yildan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining a’zosi. Shu o‘rinda Akmal Nuriddinovning Akmal Nur taxallusini olish bilan bog‘liq bir voqeani aytish lozim bo‘ladi. 1992 yili Hindistonda rassomning ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan san’atshunoslardan biri siz o‘zbeksiz, nimaga familiyangiz slavyancha axir o‘zbeklarda “ov”, “vich” qo‘shimchalari qadimda bo‘lmaganku, menimcha ismingizni Akmal Nur desangiz to‘g‘ri bo‘ladi, deb tavsiya berishgan. Xullas Hindistonlik san’atshunosning ta’siri bilan Akmal Nuriddinov — Akmal Nur nomi bilan shuhrat qozonadi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/UueVzeEsv48?si=G3-4ZFYDQBihopgQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA