English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akmal Burxonov AQSHda xalqaro yuridik firma vakillari bilan uchrashdi
12:23 / 2022-04-22

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH)ga tashrifi boshlandi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

Tashrifning dastlabki kuni delegatsiya a’zolari Massachusets shtati McDermott Will & Emery  yuridik firmasi hamkori Robert Kordi bilan uchrashdi. AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar tergovi jarayonlarini nazorat qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar - Sara Uolters  va Mark Shreyber bilan ham muloqot qildi.  

Uchrashuvda korrupsiyaga oid ishlarni ko‘rib chiqishning xususiyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va korrupsiyaga oid tergov ishlarini nazorat qilish xususida foydali ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida tomonlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sonini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar sifatida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan samarali choralar, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.  

Ma’lumot uchun, McDermott Will & Emery – dunyo bo‘ylab ko‘p qirrali biznes amaliyotiga ega eng yirik xalqaro yuridik firmalardan biri hisoblanadi. Firma advokatlari davlat va xususiy sektor, sanoat va moliyaviy biznesning keng doirasi manfaatlarini himoya qiladi. 

O‘zA