Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akmal Abdullayev va Danila Kvasov “Fergana cup”da g‘olib bo‘ldi
12:42 / 2025-08-25

Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan J100 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

“Fergana cup” turnirida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Polsha, Rossiya, Belarus va Janubiy Koreyadan kelgan eng kuchli yosh tennischilar ishtirok etdi. Turnirning yakkalik bellashuvlarida rossiyalik Fyodor Altuxov belaruslik Milan Taupenetsni 7:5, 4:6, 7:6 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida esa rossiyalik Aleksandra Malova hamyurti Aleksandra Cheyshvilini 6:3, 6:1 hisobida yengdi va chempionga aylandi.  

Juftlik bahslarida hamyurtimiz Akmal Abdullayev va Danila Kvasov, qizlar o‘rtasida esa rossiyalik Kseniya Axrameyeva va Alyona Xarchenko g‘olib bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA