English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akkreditatsiya markazi Xalqaro akkreditatsiya forumiga a’zo bo‘ldi
11:58 / 2020-12-24

O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro darajada e’tirof etilib, Akkreditatsiya markazi Xalqaro akkreditatsiya forumi (International Accreditation Forum – IAF/IAF) a’zosi maqomiga ega bo‘ldi.

Xalqaro akkreditatsiya forumi Boshqaruv kengashining 2020 yil 8 dekabrdagi qarori bilan O‘zbekiston nomidan Akkreditatsiya markazi ushbu nufuzli xalqaro tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.

Markaz o‘z navbatida Milliy akkreditatsiya tizimni ISO/IEC xalqaro standartlari talablariga hamda Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tomonidan qabul qilingan tamoyillarga asoslanganligi namoyish qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro akkreditatsiya forumiga a’zolik natijasida, yurtimizda muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi vakolatli idorani akkreditatsiya idorasi sifatida xalqaro miqyosda qabul qilinishi, milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro standartlar va mezonlarga muvofiq shakllanganligi, Xalqaro akkreditatsiya forumi IAF MLA imzolovchisi bo‘lish uchun dastlabki talabni bajarganligi hamda xalqaro miqyosdagi akkreditatsiya sohasidagi tadbirlarida va ixtisoslashgan texnik qo‘mitalar faoliyatida ishtirok etishini ta’minlaydi.

Shuningdek, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilishga qaratilgan xalqaro hamjihatlikning mezonlari, tartiblari va muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olinishi masalalari yuzasidan O‘zbekiston manfaatlarini ilgari surish imkoniyatlar yaratildi.

Xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan akkreditatsiya faoliyati – ichki va tashqi bozor munosabatlarining rivojlanishiga, O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga, iste’mol qilayotgan mahsulotlarimizning xavfsiz va yuqori sifatli ekanligiga ishonch qozonishda va xalqaro bozorda o‘zbek brendi o‘z o‘rnini egallashida muhim ahamiyatga ega.

“O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati