Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akif Marifli: “Madaniyat – xalqlar o‘rtasidagi ishonch va yaqinlashuvning eng mustahkam ko‘prigidir”
18:20 / 2025-12-31

Kuchayib borayotgan global chaqiriqlar va xalqaro munosabatlar transformatsiyasi sharoitida davlatlar o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish, ishonchni mustahkamlash va gumanitar hamkorlikni kengaytirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston xorijiy sheriklar bilan madaniy va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatni izchil amalga oshirib kelmoqda.

Bu borada mamlakatimizdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Mariflining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi xususidagi fikri alohida qiziqish uyg‘otadi.

– Murojaatnoma muhim strategik hujjat bo‘lib, O‘zbekistonning barqaror rivojlanish yo‘li, ijtimoiy birlikni mustahkamlash va keng ko‘lamli islohotlarning izchil davom ettirilishini aks ettiradi. Unda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish va gumanitar aloqalarni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlangan. 

Bunda Ozarbayjon Ruspublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hozirgi munosabatlarning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘layotir. Prezidentlar Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevlar namoyish etayotgan siyosiy iroda, shuningdek, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo munosabatlar tufayli ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Davlat rahbarlari tashabbusi bilan vujudga kelgan mustahkam siyosiy poydevor madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning tizimli, jadal va mazmunli rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida janob Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi fikri, shuningdek, Ozarbayjonning “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida to‘la qonli ishtirokiga konseptual yondashuvi ilgari surilgan. 
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi o‘z faoliyatida Prezident Ilhom Aliyev tomonidan belgilangan madaniy diplomatiya yo‘li, shuningdek, uning qardosh O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha strategik qarashlariga hamisha tayanadi. Shu bilan birga, Prezident Shavkat Mirziyoyevning jamiyat rivojlanishida madaniyat, ta’lim va yoshlarning roliga qaratayotgan e’tibori markaz loyihalarini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratmoqda. 

Biz bundan buyon ham Ozarbayjon-O‘zbekiston madaniy-gumanitar hamkorligini rivojlantirishga hissa qo‘shish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. 

Aziza Alimova yozib oldi, O‘zA