English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbarshohning shaxsiy aslahalari saqlanayotgan Mumbay muzeyidan fotoreportaj
16:31 / 2023-12-04

Hindistondagi Mumbay muzeyi Mirzo Boburning nabirasi Akbarshohning shaxsiy aslahalarini o‘zida saqlashi bilan jahonga mashhur.

101 yil ilgari faoliyat boshlagan ushbu muzeyda 50 mingdan ortiq nodir eksponat saqlanadi. Mazkur muzey Uels shahzodasi muzeyi nomi bilan ham tanilgan. Boisi, uning poydevoriga ilk g‘ishtni Georg V nomi bilan qirollik taxtiga o‘tirgan ushbu shahzoda qo‘ygan. XXI asr boshidan e’tiboran muzey Maratxa imperiyasi asoschisi – Chxatrapati Shivadji Maxaradj Vastu Sangraxalaya nomi bilan atala boshlandi.

Qadimiy hind davlatchiligi tarixidan so‘zlovchi artefaktlari bilan mashhur muzeyda Boburiy hukmdorlar davriga oid nodir ashyolar saqlanadiki, ular bu maskanga millionlab sayyohni jalb etmoqda. Mashhur qo‘lyozmalar orasida Akbarshoh davriga oid illyustratsiyalarga boy “Anvar-Suxayli” kitobi bor.

[gallery-14885]

1581 yilda ishlangan Akbarshohga tegishli qurol-aslahalar bilan to‘ldirilgan ekspozitsiya esa muzeyning tashrif qog‘ozidir.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA