Akbarov Alisher Normatjonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash» mavzusida
Akbarov Alisher Normatjonovichning 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligi bo‘yicha «Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 2-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160103 Namangan, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy.
Tel/faks: (+99869) 234-15-23.
e-mail: nammqi_info@edu.uz