Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar Jo‘rayev va boshqalar Sochiga yo‘l oldi
12:18 / 2026-02-02

15 nafar og‘ir atletikachidan iborat O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari navbatdagi xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga yo‘l oldi.

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘oliblari, dunyo rekordchilari Ruslan Nuruddinov, Akbar Jo‘rayev hamda o‘nlab mahoratli yosh sportchilardan iborat yurtimiz polvonlari joriy yilning 21 fevraliga qadar Sochida o‘tadigan xalqaro darajadagi o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Xalqaro darajadagi mazkur mashg‘ulotlar joriy yilda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini o‘taydi.

Mashg‘ulotlarni terma jamoaning tajribali murabbiylari  Bahrom Mendiboyev va Jo‘rabek Zairov olib boradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA