Akbar Jo‘rayev – uch karra jahon chempioni!
Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar o‘rtasida 110 kg vaznda bahslar yakunlandi va Akbar Jo‘rayev barcha yo‘nalishlarda (dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va umumiy) oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Jo‘rayev dast ko‘tarishda 196 kg natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi!
U siltab ko‘tarishning uchinchi urinishida 245 kg.ga buyurtma berdi, ammo vaznni ko‘tara olmadi. Agar bu amalga oshganida — barcha yo‘nalishlarda jahon rekordchisi bo‘lardi!
Eronlik Alirizo Nasiriy — siltab ko‘tarishda 231 kg va umumiy 415 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi..
Hamyurtimiz Ruslan Nurudinov — siltab ko‘tarishda 228 kg va umumiy 414 kg natija bilan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
U dast ko‘tarishda 186 kg natija bilan 4-o‘rinni egalladi.
O‘zA