Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar Jo‘rayev “Riyod-2025”da mutlaq chempionga aylandi
22:10 / 2025-11-12

Saudiya Arabistonida davom etayotgan “Riyod-2025” Islom birdamligi o‘yinlarining og‘ir atletika bellashuvlarida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Akbar polvon 110 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etib, dast ko‘tarish mashqida 193 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 227 kg. va ikkikurash yakuniga ko‘ra 420 kg. natija qayd etdi.  

Bu orqali delegatsiyamiz hisobidagi 3 ta oltin medalni keltirdi. Darvoqe, Turkiyada o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ham Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Ayni damda, o‘yinlarning bugungi dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar davom etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasining jamg‘argan medallari soni hozircha 12 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronzani tashkil etmoqda.  

Natijada sportchilarimiz medal jamg‘arishda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA