Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar Jo‘rayev Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi
16:50 / 2024-08-10

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 102 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Akbar polvon ushbu vazn toifasidagi bellashuvlarning dast ko‘tarishida 185 kg. natija qayd etgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 219 kg. og‘irlikdagi shtangani o‘zigi bo‘ysundirdi. Ikkikurash natijasiga ko‘ra, A.Jo‘rayev  404 kg. natija bilan “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ega chiqdi.  

Ma’lumot o‘rnida, Akbar Jo‘rayev “Tokio-2020” yozgi Olimpiya o‘yinlarida 109 kilogrammgacha vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan va Olimpiada rekordini o‘rnatgan. Ushbu natijalari evaziga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.  

Ayni damda O‘zbekiston sport delegatsiyasi jamg‘armasida 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA