Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar Joʻrayev Osiyo chempionatida 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi
17:46 / 2019-04-27

Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda.


Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun ham musobaqada ishtirok etgan vakilimiz terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.

MOQning yozishicha, -109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Joʻrayev dast va siltab koʻtarish, shuningdek, ikki kurash boʻyicha 3 ta kumush medalga egalik qildi. Eʼtiborli jihati, siltab koʻtarish mashqi boʻyicha 3 ishtirokchi bir xil 225 kilogarmm natija qayd etishgan edi, biroq urinishlar boʻyicha hamyurtimiz yakunda yana kumush medal bilan taqdirlandi.

Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati

Xitoy, Ninbo

Erkaklar, -109 kg:

1.Chje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)

2. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)

3. Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 25 kg)