Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar Joʻrayev jahon rekordini yangiladi
18:34 / 2020-02-12

Toshkentdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtayotgan VI Xalqaro birdamlik musobaqasida Akbar Joʻrayev jahon rekordini yangiladi.


Toshkentdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtayotgan VI Xalqaro birdamlik musobaqasida Akbar Joʻrayev jahon rekordini yangiladi.

Vazni 109 kilogrammgacha boʻlgan ogʻir atletikachilar oʻrtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan umidli sportchimiz Akbar Joʻrayev dast koʻtarish bahslarida 189 kilogrammlik shtangani oʻziga boʻysindirib, jahon rekordini oʻrnatdi. Shuningdek u siltab koʻtarish bahslarida 221 kilogramm, ikkikurash yakuniga koʻra 410 kilogramm natija qayd etdi va uch yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritdi.