French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi
13:20 / 2021-06-11

Ichki ishlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar akademiyalari o‘rtasidagi aloqalar hamkorlik memorandumi bilan yanada mustahkamlandi.

Tomonlarning uchrashuvida o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik ta’limga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish, kadrlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishda muhim omil bo‘lishi alohida ta’kidlandi.  

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Mamajonov hamkorlik memorandumini imzoladi.

Tadbirda e’tirof etilishicha, endilikda ta’lim muassasalari o‘rtasida harbiy-texnik, kadrlar tayyorlash, zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlik yanada faollashadi.

  IIV Akademiyasining Axborot xizmati