Akademiyada tinglovchilar tajriba almashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasida hokimlarning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchilari uchun tashkil etilgan ikki kunlik maxsus o‘quv kurs yakunlandi.
Akademiya rektori Jasur Salixov “Axborot-resurs markazi”da matbuot kotiblari bilan muloqotda bo‘lib, Prezidentning 2025 yil 5 maydagi PF–78-son farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan transformatsion loyihalar haqida ma’lumot berdi.

“Boshqaruvda samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, axborot qonunchiligi, zamonaviy PR texnologiyalar, tahlil va monitoring tizimlari hamda ijtimoiy media bilan ishlash bo‘yicha tajriba almashdi.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
O‘zA