Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademiyada bayram katta tantana bilan nishonlandi
10:31 / 2025-12-29

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham bayram munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun “Yangi yil ertagi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Akademiya “Talabalar teatr -studiyasi” tomonidan sahnalashtirilgan ertak-spektakl namoyish qilindi.  

Tadbirning birinchi qismida rektorat va bo‘limlar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti, “Ziyo” media markazi xodimlari hamda ularning farzandlari uchun tashkil etildi.  

Ikkinchi qismida esa akademik litsey, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Islomshunoslik hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ularning farzandlari uchun shou-dasturi davom etadi.  

Bayram tadbirini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori so‘zining avvalida barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlik, kasbiy barkamollik, sihat-salomatlik tiladi. 

 Shundan so‘ng Akademiya talabalari ijrosida “Yangi yil” qo‘shig‘i, mehmon san’atkorlar ijrosida bolajonlar uchun yangi yil qo‘shiqlari ham ertak qahramonlari bilan raqslar tadbirga yanada fayz ulashdi.  

Qorbobo tomonidan she’r yoki qo‘shiq aytgan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.  

Tadbir yakunida Akademiya xodimlari va professor-o‘qituvchilari farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi.

Akademiya tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun o‘yinchoqlar va shirinliklardan iborat “Yangi yil sovg‘asi” bolajonlarga unutilmas tuhfa bo‘ldi.

N.Usmonova, O‘zA