Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademiya bitiruvchilariga diplom topshirildi
19:54 / 2015-07-27

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-polkovnik Q.Berdiyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida axborot-kommunikatsiya va komputer texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning zamonaviy usul va shakllari joriy etilayotganini ta’kidladi. Yuksak professional ko‘nikma, intellektual salohiyat va tashkilotchilik qobiliyatiga ega, har qanday vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishga qodir ofitser kadrlarni tayyorlashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Ixcham, tez harakatlanadigan va zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan, Vatanimizni himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlarning tashkil etilgani milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayni paytda milliy va xorijiy tajriba inobatga olingan holda harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Akademiyada o‘qitish jarayonida aynan shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilayotir.

– Akademiyada o‘qish davomida o‘z bilim va ko‘nikmalarimni yanada boyitdim, – deydi mayor V.Saturov. – To‘qqiz yil avval Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini a’lo baholarga bitirib, turli harbiy qismlarda xizmat qildim. Shu vaqt mobaynida to‘plagan tajriba va ko‘nikmalarim mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashda qo‘l kelayotir. Bundan buyon ham Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilish, O‘zbekistonning harbiy qudratini mustahkamlash uchun bor kuch va bilimimni ayamayman.