Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik yozuv san’ati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi
17:03 / 2025-09-27

“Adolat” SDP Markaziy kengashi tomonidan “Akademik yozuv san’ati: xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir yosh tadqiqotchilarning ilmiy-yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni xalqaro ilmiy maydonga tayyorlash va nufuzli nashrlarda ilmiy maqolalarini muvaffaqiyatli chop etishlariga ko‘maklashish maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Seminar-treningda partiya Siyosiy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov ilm yo‘lida izlanishlar olib borayotgan yoshlar safi ortayotgani, bu borada ularni qo‘llashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganani ta’kidladi.  

Shuningdek, JSST Pan-Yevropa koalitsiyasining ruhiy salomatlik bo‘yicha milliy koordinatori Dilorom Toshmuhamedova, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi ilmiy xodimi Berdax Doniyorov, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Nargiza Dalmuradova, USAID va MUNIS loyihalari bitiruvchisi, akademik yozuv bo‘yicha mutaxassis Zulfiya Kannazarova kabi ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Ishtirokchilarga xalqaro talabga mos ilmiy maqola yozish ko‘nikmasi tushuntirildi, akademik yozuv san’atini egallash va o‘z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli chop etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bunda yosh olimlarning maqolalari orqali mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi.

Seminar-trening yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatida yangi ufqlarni ochish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA