Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik va yoshlar uchrashuvi
09:04 / 2024-10-24

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Sadritdin Turabdjanov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Dastlab, S.Turabdjanov institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov bilan uchrashib, do‘stona va samimiy muloqot qildi. Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.  

Tashrif chog‘ida S.Turabdjanov institut hududi, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari hamda institutning muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishdi.  

So‘ngra akademik bilan talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-19957]

Mazkur uchrashuvda akademik Sadritdin Turabdjanov, JizPI rektori Alisher Usmankulov, soha prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida akademik S.Turabdjanov tadbir ishtirokchilariga o‘zining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi sermashaqqat hayot yo‘li, mehnatlari haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlarda unumli foydalanishga chaqirdi.

Akademik S.Turabdjanov yurtimizdagi ilm-fan sohasi uchun malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qo‘shayotgan fidokorona hissasi, ko‘p yillik samarali mehnatlari hamda Jizzax politexnika instituti bilan hamkorligi uchun institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

O‘zA