Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Siddiq Rajabov merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
11:44 / 2025-06-04

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida "Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda professor, qator xorijlik olimlar, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyani universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor B.Abdullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Konferensiya davomida Akademik Siddiq Rajabovning pedagogik qarashlari va fundamental pedagogika uyg‘unligi; jadid pedagogikasi tadqiqi: an’anaviy va yangicha yondashuvlar; inklyuziv ta’lim: muammolar va ularning yechimlari; gibrid o‘qitish: kelajak ta’limining yangi modeli; dual ta’lim — o‘qitishning innovatsion shakli sifatida; multimodal pedagogika: kommunikativ, terapevtik va akmeologik aspektlari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Dilorom Adilova,  

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti