Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Sa’dulla ISKANDAROV: Shogirdlar kamoli - ustozlar saodati
23:12 / 2021-07-23

Akademik Sa’dulla Iskandarov — mamlakatimizdagi taniqli ziyolilardan biri. Domla ayni kunlarda saksondan sakragan bo‘lishiga qaramasdan ilmiy izlanishlarini qunt bilan davom ettirayotgan, fan va ishlab chiqarishda yuksak ahamiyatga ega kashfiyotlar qilib, ularning natijalarini amaliyotga izchil tatbiq etayotgan zahmatkash, serg‘ayrat hamda tashabbuskor olimlarning oldingi safida bo‘lib kelayotgan, aniq va mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, tiniq tafakkurli va konstruktiv fikrlovchi benazir insonlardan.

U bilan dildan gurunglashsangiz, ko‘z o‘ngingizda respublikamiz ilm­faniniнг, ijtimoiy hayotining uzoq va yaqin o‘tmishdagi murakkab tarixi jonlanadi, tasavvuringizda bugungi shiddatkor davrning ulug‘vor sur’atlari butun salobati ila namoyon bo‘ladi va kelgusidagi serjilo va yorqin istiqbolga munavvar umidlar, komil ishonch tuyg‘ulari jilvalanadi, shuuringiz mehru havasga to‘ladi, nuroniy diydoriga to‘ymaysiz, bu piru badavlat otaxonning tabarruk siymosidan taralayotgan komillik ziyosidan bahramandlikning zavqli saodatini his etasiz. Zero, uning sevinchu ташвishlar­ла лиммо­лим to‘la serqirra hayot yo‘li, teran hamda keng miqyosli мazmuн­моҳиятga ega, hayratomuz ixtiroyu kashfiyotlarga to‘la ilmiy­пеdaгогик faoliyati, yosh avlod tarbiyasi sohasidagi betakror murabbiylik tajribasi, shuning hosilasi o‘laroq, uning qanoti ostida kamolga yetgan buyuk insonlar, yurt og‘alari шаън­шавкати va ayni damlarda ular tomonidan amalga oshirilayotgan olamshumul ishlarga, domlaning o‘zi ham uzoq yillar rahbarlik faoliyati davomida o‘z obro‘­e’tiborи, iymonu diyonatini asragan holda qat’iyat bilan olib borgan ishlarga fikran nazar solsangiz, aqlingiz shoshadi, beg‘ubor hayratga asir bo‘lasiz. Lo‘nda qilib aytgan­ da, akademik Sa’dulla Iskandarovning hayoti va faoliyatini o‘ziga xos mukammal bir mahorat maktabi, chinakam hayotiy dorilfunun, desa arzigulikdir. Xuddi shu fikrlardan kelib chiqib, u kishi bilan imkon qadar mufassal muloqot yuritishga, tabiatan kamgap, o‘zi haqida so‘zlashni uncha xushlamaydigan kamtar va kamsuqum ustoz, qalb daftari sahifalarini varaqlashga, elimizning mo‘’tabar nuroniy oqsoqollaridan biri bo‘lgan bu insonning muqaddas milliy qadriyatlar, jumladan, odamiylik, yosh avlod tarbiyasi, ustoz­shogirdlik urfu an’anasining o‘ziga xos betakror xususiyatlari haqidagi fikru qarashlarini o‘rganar ekanmiz, uning ko‘pmillionli yoshlarimiz uchun katta tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutib, ushbu suhbatni “ўраmaй­buраmaй”, савol­javob muloqotimiz qanday kechgan bo‘lsa, shunday — asl holida, aziz gazetxon, siz bilan baham ko‘rishni lozim topdik.

— Sa’dulla Iskandarovich, qadimul ayyomdan ma’lum haqiqat bor: har bir kishining qanday tarbiya topishi, qay tarzda kamolga yetishi, hayotdagi o‘rnini va kelajagini belgilashi, taqdiri azalning turfa yo‘llaridan qay birini tanlashi, shubhasiz, u mansub bo‘lgan ajdodlar silsilasi, tug‘ilib o‘sgan muhit, nasl-nasab, xonadon, ota-ona, ustozu murabbiylar, qolaversa, qavmu qarindoshu mahalla-kuyga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, bugun davlatimiz rahbariyatining irodasi bilan mamlakatimizda ana shu muqaddas qadriyatlarni oldingi o‘ringa olib chiqish, ulug‘lash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgani ham bejiz emas. Bas, shunday ekan, ruxsatingiz bilan suhbatimizni siz kamol topgan oila, uning olamga mashhur boshchisi, mamlakatimiz tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega inson — Sotsialistik mehnat qahramoni, dongdor paxtakor, el-yurt oqsoqollaridan bo‘lgan muhtaram padari buzrukvoringiz Iskandar Dustov haqidagi xotiralardan boshlasak.

— Bajonidil. Bu menga cheksiz sevinch va g‘urur bag‘ishlaydi. Muqaddas dinimiz, azaliy uрф­оdaтlarимизga ko‘ra, so‘z avvalini otalar ruhini shod etishdan boshlamoq har bir inson uchun farz va maroqlidir. Ayniqsa, mendek muayyan hayot yo‘lini bosib o‘tib, bugungi kunda baxtiyor keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug‘ kishilar uchun buning alohida zavqu sururi bor, albatta.

Rahmatli otamiz Iskandar Do‘stov oddiy dehqon oilasida tug‘ilib, suyagi mehnatda qotgan, o‘z zahmatkashligi orqasidan obro‘­иззат topib, umr bo‘yi paxtakorlik kasbiga sodiq bo‘lib qolgan insonparvar, oilasevar zakovatli inson edilar. Ikkinchi jahon urushidan og‘ir yarador bo‘lib qaytgani, shuning oqibatida jismonan qiyinchilik bilan harakatlanishlariga qaramay, yana dalaga otlanganlar va urush jarohatlari azobini qattiq mehnat bilan yengishni o‘z turmush tarziga aylantirganlar.

Ayni paytda u kishi paxtakor dehqonlar mehnatining naqadar азоб­uқuбатли ekanligini jismonan, ham ruhan chuqur his etar va bu ma shaqqatlarning yengillashishini chin qalbidan orzu qilar, bunga esa faqat va faqat ilm, fan­техniка taraqqiyoti orqali erishish mumkinligini barvaqt anglab yetgan inson bo‘lganlar. Binobarin, nainki biz, ya’ni o‘z farzandlari, balki qishloqdagi barcha yoshlarni bilim olishga, zamonaviy kasblarni egallashga muntazam undar, bu borada qo‘lidan keladigan yordamni hech kimdan ayamas edilar. Shu ma’noda hayotdagi ilk ustozim, meni ilm sari yo‘naltirgan, bu yo‘lda har qanday qiyinchiliklarni matonat bilan yengishga ilhomlantirgan, o‘rgatgan kishi — otam edilar, desam yanglishmayman.

— Darhaqiqat, “yoshlikda olingan ilm — toshga o‘yilgan naqsh”, deganlaridek, bolalikdan quloqqa quyilgan jo‘yali панд­насиҳатlar, hosil qilingan ilk tasavvur va ko‘nikmalar inson istiqbolida naqadar muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Sa’dulla aka, padari buzrukvoringizni eslash asnosida suhbatimizga jon kirituvchi, chinakam dolzarb va amaliy ruh bag‘ishlovchi g‘oyat hikmatli va ibratli bo‘lgan ustoz­shogirdlik mavzusini oldingi o‘ringa olib chiqdingiz.

Bu bejiz emas, shekilli. Avlodlar uzviyligi,  ya’ni  ustoz­shogirdlik  an’anasi  azal zaldan millatimiz zehniyatining tayanch nuqtalaridan biri, xalqimizning qoн­qoniga singib ketgan, asrlar bo‘yi muqaddas tushunchalarimizdan biriga aylangan, hozirgi paytda, ayniqsa, alohida e’tibor berilayotgan, yuksak darajada e’zozlanayotgan va tamoman yangicha мazmuн­моҳият bilan boyitilayotgan qadriyatlardandir. Shunday emasmi?

— Xuddi shunday. Gapning rosti, men umrim bino bo‘lib, hayot yo‘limda nimagaki erishgan bo‘lsam, barchasi, avvalo, samimiy va beg‘araz, mehribon va ayni paytda o‘ta talabchan ustoz hamda murabbiylarimning dono maslahatlari, beminnat ko‘maklari, undan keyin vafodor do‘stlarning qo‘sh qanot va shubhasizki, sadoqatli shogirdlarning ruhan madadu quvvat bo‘lishlari samarasi deb bilaman. Yaratganga behisob shukrlarki, taqdir meni hayotim va faoliyatimning barcha bosqichlarida benazir va buyuk ustozlarga ro‘baro‘ qildi. Bu haqda so‘zlar ekanman, eng birinchi galda, mamlakatimizga uzoq yillar donishmandlarcha rahbarlik qilgan buyuk siyosat arbobi, ulug‘ ijodkor, bag‘oyat ulkan shaxs va beqiyos inson Sharof Rashidov nomini tilga olishni o‘zimning shogirdlik, qolaversa, odamiylik burchim deb bilaman. Albatta, bu bilan maktabda qo‘limga ilk bor kitob daftar tutqazib, harf o‘rgatib, tasavvurimni bilim ziyosi bilan munavvar etgan birinchi o‘qituvchimdan boshlab, institutda ta’lim bergan, ilmiy izlanishlarimni astoydil qo‘lлаб­quvvatлаgaн domlalarimu ilmiy rahbarlarimning mehnati qadrini zarracha kam ko‘rmayman. Ulardan har birining aziz va tabarruk nomi umrim kitobining muqaddimasiyu mundarijasiga zarrin harflar bilan o‘chmas qilib bitilgan. Lekin muhtaram Sharof Rashidovich bilan bo‘lgan unutilmas uchrashuvlar taqdirimda hal qiluvchi rol o‘ynagan, desam mubolag‘a  bo‘lmaydi.

— Sharof Rashidov bilan ilk bor qachon, qayerda, qanday vaziyatda uchrashganingiz yodingizdadir?

— Albatta! Buning o‘z tarixi bor va bu mening yuragimda muhrlanib qolgan. Yuqorida aytganimdek, o‘rta maktabni bitkazgach, otam- ning мaslаҳати­daъvaти, qolaversa, qalbimda bolalik chog‘larimdan shakllangan orzu­havasga ko‘ra kimyo ilmini o‘rganishga jahd etdim. Ushbu azmu jur’atning sababini aniqroq tushuntiradigan bo‘lsam, yaxshi bilasizlarki, sovet davrlarida paxtani zararkunandalardan asrash va mashinada terishga tayyorlash uchun dalalarda kimyoviy moddalar sepilar, ya’ni defolyatsiya, desikatsiya degan og‘ir va ayanchli agrotexnik tadbirlar o‘tkazilardi. Ayniqsa, samolyotdan sepiladigan zaharli dorilar qishloq aholisi salomatligiga halokatli ta’sir qilar, turli yuqumli xastaliklarni keltirib chiqarar, ayniqsa, yoshu qari o‘rtasida sariq kasalligi avjiga mingan, oqibatda millatimiz genofondiga mudhish oqibatlarga eltuvchi katta zarar yetkazilar  edi. Elning ohu nolalari O‘zbekistonga yildan­yilga paxta yetishtirish- ni uzluksiz ko‘paytirish talabini qo‘yayotgan sobiq Ittifoq markaziga yetib bormas, yetib borsa ham Kremldagi arboblarning qulog‘iga kirmasdi. Kamina, avvalo, otamning alamli hasrati tufayli, qolaversa, shu zahar ichida tug‘ilib­o‘sganим  uchunmi,  yoshlik  paytimdayoq bu qismatni anglab yetgandim, o‘zimcha ana shu og‘ir  muammoni  hal  etish   haqida  o‘ylardim va bu meni ilm yo‘liga chorlagan bo‘lsa ajab emas. Buning uchun, eng avvalo, kimyo fanini chuqur билishga­o‘rganishga undardi. Xullas, kunlarning birida yaqin do‘stim bilan ana shu mavzuda og‘riqli suhbat qilayotgan padari buzrukvorimga kimyogar olim bo‘lishga, paxtakor- lar salomatligiga ziyon yetkazmagan holda g‘o‘za bargini to‘kishga qodir bo‘lgan kimyoviy modda kashf etishga ahd etganimni bildirdim. Otam buning oson ish emasligini bilib тuрса­da, jilmayib: “niyatingga yetgin, bolam”, deb qo‘ydilar. Bu hali ko‘proq xayolparastlikka o‘xshab ketuvchi shunchaki bir orzu edi, albatta. O‘shanda men bu orzuni qalbimga Parvardigorning o‘zi solganini va payti kelib ana shu ezgu maqsadimga erishtirishini bilmaganman, tushimda ham  ko‘rmaganman.

Shu tariqa Toshkent farmatsevtika institutiga o‘qishga kirdim, uni 1962 yilda bitkazib, ilmiy izlanishlar yo‘lidan ketdim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Alkaloidlar laboratoriyasida muhtaram ustozim akademik Sobir Yunusov rahbarligida ilmiy­amaliy tadqiqotlar olib bordim. 1966 yilda nomzodlik, 1973 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildim. Shundan so‘ng ona yurtim Xorazmga, Urganch pedagogika institutiga ishga yuborildim.

Institutda prorektor bo‘lish bilan birgalikda, ilmiy izlanishlarni qunt bilan davom ettirdim. Chunki otamga bergan va’damni bajarish ahdi meni bir zum, bir daqiqa ham tark etmagan, bu hayotdagi oliy maqsadlarimdan biriga aylangan edi. Zero, bu va’dani bajarish bilan nafaqat padari buzrukvorim, balki ko‘pmillionli paxtakor xalqim oldida yuzim yorug‘ bo‘ladi, deb o‘ylar edim.

Bir kuni viloyatga respublika rahbari Sharof Rashidov tashrif buyurgani, paxta dalalarini aylanish asnosida otam rahbarlik qiladigan xo‘jalik dalalariga ham borishi haqida eshitdim. Xorazmning aksar faol ziyolilari qatorida meni ham u kishi bilan uchrashuvga taklif etishdi. Otamning hurmatiga Sharof aka uchrashuv chog‘ida men bilan alohida ko‘rishib, ishim, ilmiy izlanishlarim haqida batafsil surishtirdilar. Men u kishining savollariga imkon qadar mufassal javob berishga harakat qildim. “Sa’dullajonni viloyat partiya qo‘mitasida ishlatib, sinab ko‘rsak, nima deysiz?” dedilar Sharof Rashidovich kutilmaganda birinchi kotib Madiyor aka Xudoyberganovga yuzlanib. Kotib bu taklifni quloq qoqmay qabul qildi va   ertasi kuniyoq   meni viloyat

rahbari idorasiga ishga chaqirib oldi. Chamasi, donishmand rahbar shu yo‘l bilan mening ilm yo‘lidagi саъй­harakatимni hayot bilan qo‘shib olib borishimni istagan ekanlar...

Bunday voqealar,  albatta, aksar  yosh  yigitlar uchun Ollohning nogohoniy tuhfasi, baxtu omad- ning kulishi hisoblanadi. Ya’ni mamlakat rahbarining nazariyu e’tiboriga tushish har kim uchun porloq kelajak, yulduzli  onlar kafolati bo‘lib ko‘rinadi. Ammo menda hech qachon partiya idorasida ishlashga havas ham, xohish ham bo‘lmagan. Fikru yodim hech narsaga chalg‘imasdan ilmiy ishlarimni davom ettirish bilan band edi. Biroq o‘sha kuni hayajon tufaylimi yoki shunday muhtaram inson- ning sazasini qaytarishga jazm etolmadimmi, xullas, yo‘q, deyolmadim. Oradan biroz muddat o‘tgach O‘zbekiston Kompartiyasi Markazqo‘mining mafkura masalalari bo‘yicha kotibi, g‘amxo‘r va qattiqqo‘l ustozlarimdan yana biri Oqil Umrzoqovich Salimov bilan suhbat chog‘ida qimtinib, tortinib shu haqda so‘zlashga jur’at topdim. “Men siyosatga emas, ilmiy ishga  qiziqaman,  qolaversa, otamga bergan va’damga binoan, muhim bir kashfiyot yo‘lida qattiq izlanishlar olib boryapman, shuning uchun bu gapimni mahmadonalikka yo‘ymasdan menga ruxsat bersalaringiz”, dedim. Oqil Umrzoqovich ham otamni yaxshi bilar va juda hurmat qilardi. Fan sohasidagi intilishlarim haqida mufassal suhbatlashgach: “Bu qat’iyating Sharof Rashidovichga ham albatta ma’qul tushadi va, men aminman, seni to‘g‘ri tushunib qo‘lлаб­quvvatлайдilaр”, dedi. Ko‘p o‘tmasdan men O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy­тадқиqoт institutiga ishga yuborildim. Bu yerda ustoz olimlar, fikrdosh hamkasb do‘stlar va izlanuvchan shogirdlar bilan hamkoru hamnafaslikda ko‘plab muhim ahamiyatga ega tadqiqotlar o‘tkazdik. Mavridi kelgani uchun voqealardan sal ilgarilab bo‘lsa­da, otamga bergan va’damni bajarganim, ya’ni g‘o‘za bargini sun’iy ravishda to‘kuvchi, inson salo- matligi uchun mutlaqo zararsiz kimyoviy modda yaratilishiga  erishganimni,  u  barcha  sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, ishlab chiqarishda keng qo‘llana boshlaganini faxrlanib aytib o‘tishni xohlar edim. Afsuski, keyinroq zamona zayli bilan paxtani mashinada terish keskin kamayib ketgach ushbu kashfiyotimizning ahamiyati biroz susaydi. Shukurki, so‘nggi yillarda bu dolzarb masalaga e’tibor tubdan o‘zgarmoqda va shoyad uzoq yillik mashaqqatli izlanishlarimiz  samarasi yana keng miqyosda istifoda etiladi, Yangi O‘zbekiston paxtachiligi rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, paxtakor fermerlarimiz faoliyatida qo‘l keladi, degan  umiddaman.

Fursatdan foydalanib, shuni yana bir bor ta’kidlashni istardimki, xalqimizning buyuk farzandi, ulug‘ ustoz Sharof Rashidov hayotda to‘g‘ri yo‘ldan ketishim, o‘zim ko‘zlagan yuksak maqsadlar sari qat’iyat bilan intilishim, sevgan kasbimda a’lo kayfiyat hamda завқ­шавқ bilan mehnat qilib, elu xalqqa озми­ko‘pми, nafim tegishiga erishuvimda hal  etuvchi  rol  o‘ynagan,  men  uchun umrim kitobining bosh sahifasida turuvchi padari buzrukvorim singari aziz, qadrli va mo‘’tabar insondir. bugungi yoshlarga qarata aytadigan bir og‘iz ezgu tilagim shuki, har bir yigit­қизga Ol- loh yaxshi ustozlar panohida ўсиб­ulғайish nasib etsin va ular bunday sarbaland tolening qadriga yetsinlar. Buning   hikmati juda buyuk.

— Tarjimai holingizda yozilishicha, 1978 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga rektorlikka tayinlangansiz. Hayotingizning nafaqat mamlakatimiz, hatto sobiq Ittifoq, ya’ni hozirgi postsovet davlatlari hududida, balki butun dunyoda o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lgan ana shu tabarruk ilm dargohi bilan bog‘liq qismi haqida mumkin qadar mufassalroq hikoya qilsangiz. Albatta, bu tayinlovni respublika hukumatining sizdagi ilmiy­пеdaгогик hamda boshqaruvchilik salohiyatining e’tirofi va ayni paytda muhtaram ustozlarning katta ishonchi sifatida qabul qilgan bo‘lsangiz kerak?

— Xuddi shunday. Bu chindan ham, menga bildirilgan juda katta ishonch edi. Ushbu boy tarix va ulkan ilmiy salohiyatga ega ta’lim va ilmiy­тадқиqoт dargohiga ishga kelish hayotimning eng muhim burilish nuqtalaridan, tafakkurim va zehniyatimda ajabtovur evrilishlar yasagan voqea, desam, yanglishmasam kerak. Ochig‘i, uning tabarruk ostonasiga qadam qo‘yar ekanman, yuragimni cheksiz faxru g‘urur bilan birgalikda qattiq hayajon va hatto biroz qo‘rquv ham chulg‘agan. Zotan ushbu ilm dargohining avvalo O‘zbekiston ijtimoiy­иқтисоdiй, ilmiy­maърифий hayotidagi o‘rni va roli, zalvori va salobati judayam ulkan edi. O‘zbeklardan chiqqan buyuk allomalardan biri bo‘lmish akademik Toshmuhammad Qori Niyoziy, shuningdek, jahonga mashhur bir qator rus va boshqa millatlarga mansub taniqli olimlar tamal toshini qo‘ygan, O‘zbekistondek agrar respublika uchun tayyorlaydigan mutaxassisliklari jihatidan eng oldingi o‘rinlarda turuvchi, sobiq SSSRdan tashqari, dunyodagi 30 dan ziyod mamlakatdan kelgan aspirantu talabalar tahsil oladigan ulkan dargoh hisoblanardi. Unda qariyb mingga yaqin professor va o‘qituvchilar ishlagan, o‘n besh mingdan ziyod talaba tahsil ko‘rgan. Toshkentdagi asosiy o‘quv bazasidan tashqari Qarshi va Yangiyer shaharlarida filiallar, Samarqandda o‘quv­tayanch bo‘limi faoliyat ko‘rsatar, uni bitkazib, qishloq va suv xo‘jaligi uchun benihoya muhim ahamiyatga ega kasblarni egallagan yigit­қизlar O‘zbekistondan tashqari, yer yuzining agrar soha bilan shug‘ullanuvchi barcha mamlakatlarida ishlashardi. Ўқитuвчи­пеdaгогlarимизdan ellikdan ortiq kishi fan doktori, 23 nafari professor, 300 ga yaqini fan nozodlari va dotsentlar edi.

Ruxsat etsalaringiz, atigi bir nechagina raqam keltirsam: 1983 yilda  institutning 14 fakulteti, shu jumladan, filial va bo‘limlarida yuzga yaqin millatu elatlarga mansub 15, 5 ming talaba tahsil olgan. Shu- lardan 500 ga yaqinini Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining 37 mamlakatidan kelgan yigit­қизlar tashkil etardi.

Tasavvur eting, bunday ulkan jamoani birlashtirish, ayniqsa, jismu jonida yoshlik shiddatu shijoati тўлиб­toshgaн yovqur va serhayajon yigit­қизlarning boshini qo- vushtirish, bugungi ibora bilan aytganda, turli yot ta’sirlardan asrash, asosan, aniq fanlarga tayanuvchi murakkab kasbu ixtisoslarga qunt bilan o‘rgatib, саъй­инtilishlarиni to‘g‘ri yo‘naltirishning o‘zi bo‘lmasdi, albatta. Shularni hisobga olgan holda, bu borada institut yoshlar uyushmasi hal qiluvchi rol o‘ynashini yaxshi  tushunardim va ana shu tashkilotga qattiq tayanardim, binobarin, uning rahbari alohida tashki- lotchilik iqtidoriga, talabalar o‘rtasida yuksak obro‘­иззатga, barcha yigit­қизlar havas qiladigan betakror insoniy хислат­fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligiga alohida e’tibor qaratar edim. O‘zlaringiz o‘ylab ko‘ringlar: salkam qirq mamlakat, yuzdan ziyod millat, turlicha diniy e’tiqod vakillari, turfa dunyoqarashu tarbiya darajasidagi yoshlar qalbiga yo‘l topishning o‘zi bo‘lmaydi. Yoshlar masalasida yo‘l qo‘yilgan arzimas bir xato esa barcha zamonlarda nechog‘li xatarli oqibatlarga olib borishi mumkinligi esa tarixu yaqin o‘tmish saboqlarida bizga ma’lum va ravshan.

Shu tariqa qunt bilan izlanib, institut talabalarining aksar ko‘pchiligi bilan be- vosita muloqotlar o‘tkazib, nihoyat qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetidan didimga to‘g‘ri keladigan, institutimiz ol- dida turgan yuksak talablarga mos keladigan bir  nomzodni  topishga  muvaffaq  bo‘ldim.

Tarjimai holi, o‘qishdagi natijalari, jamoat ishlaridagi ishtirokini obdon o‘rganib, tahlil etgach: “Mana shu yigitga ishonch bildiramiz”, dedim hamkasblarimga. “Adashma- dingiz, bu judayam harakatchan va serg‘ayrat talabalarimizdan, tug‘ma tashkilotchi, eng murakkab topshiriqlarni ham aytganingizdan ziyoda qilib uddalaydi”, dedi fakultet dekani. “Menga faqat topshiriq bajaradigan emas, zimmadagi ulug‘vor va o‘ta mas’uli- yatli vazifalarni teran tushunadigan va muammolarni o‘zi tashabbus ko‘rsatgan holda ақл­идрок bilan yecha oladigan, fidokorona ishlaydigan, serg‘ayrat va tafakkuri kuchli shaxs kerak”, dedim unga va qarshimdagi ni- gohlaridan qat’iyat va ayni paytda ezgulik va insoniy xayrixohlik uchqunlari chaqnab turgan yigit xuddi shunday xislatlarga ega ekanligini ko‘nglim aniq sezdi.

Ko‘ngil sezgisi — Yaratganning mo‘’jizaviy in’omidir!..

Shu bilan birgalikda ta’kidlashim lo- zim: ezgu amallar, xayrli ishlar hamisha ham xamirdan qil sug‘urgandek oson kechavermay- di. Institut yoshlar yetakchisi lavozimi mu- staqil, ya’ni maosh olib ishlaydigan lavozim bo‘lgani, yangi kadrimiz esa hali talaba ekan- ligi uchun yoshlar tashkilotining yuqoridagi rayon va shahar bo‘g‘inlarida uning nomzodi ustida ikkilanganlar ham bo‘ldi:. “Hali yosh ekan, buning ustiga, talaba  bo‘lsa,  bir  necha o‘n ming kishilik tashkilotga rahbarlik qilishga tajribasi yetarmikan?”, deyishdi. Men va institut rahbariyati fikrimizda qattiq turdik, bu masalada institut yoshlari bizga quvvat berdi, desam ishoninglar: biz tanlagan nomzodni talaba yoshlarimiz bir ovozdan  qizg‘in  qo‘lлаб­quvvatладilaр.

Oradan ko‘p o‘tmayoq chindan ham, yanglishmaganimni, bu yigitni menga Ollohning o‘zi yetkazganligini yaqqol angladim. U darhol bizni qiynab turgan ko‘pgina muammolarimizga biriн­кетин yechim topa boshladi. Tez orada institut yoshlari o‘rtasidagi maънавий­ахloқий muhitni tubdan sog‘lomlashtirishga, talabalarning fanlarni o‘zlashtirish foizlari yuksalishiga, dunyoqarashlarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishi, спорт­sog‘lomлаштирish, madanий­maърифий tadbirlarda, ilmiy anjumanlardagi ishtiroki keskin kengayishiga erishildi. Buning natijasi o‘laroq, jamoamizning respublika, sobiq Ittifoq, qolaversa, dunyo mamlakatlaridagi ta’lim dargohlari o‘rtasidagi nufuzi to‘xtovsiz oshib borishiga erishildi. Xalqona qilib ta’riflasak, uning poyqa- dami xush keldi. Institutimiz obro‘siga obro‘ qo‘shilib, nomi tilga tushdi, tarixiy “TIIMSX” –  Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti 80­yillarning eng peshqadam oliy ta’lim muassasalari qatorida tilga olinadigan bo‘ldi.

Tabiiyki, bu meni ana shu zakovatli, serg‘ayrat tashkilotchi, ayni paytda o‘ta kamtarin va jiddiy yigitning kelajagi xususida astoydil o‘ylashga undar, ko‘nglimda tahsil nihoyasidan so‘ng uni institutda olib qolib, ilmiy ishga jalb etish kerakmi yoki ishlab chiqarish va siyosat sohasiga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘larmikan, degan fikr aylanardi. Hech kimga sir emas, institutimizni bitkazib, ishlab chiqarishda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli ish boshlagan yigit­қизlar orasidan qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash, suv xo‘jaligi, melioratsiya sohalarining taniqli rahbarlari yetishib chiqqani ma’lum. Lekin men bizning “komsomol vojagimiz”da mujassam bo‘lgan serqirra iqtidor va noyob salohiyatni ko‘rganim va bilganim uchun uning kelajakda el­yurt boshidagi porloq yulduz bo‘lishini orzu qilardim va bunga qat’iy ishonardim. O‘zi bilan ko‘p suhbatlar qilib, uning bolalik chog‘laridan taqdirning murakkab sinovlaridan o‘tib chiniqqanini bilib, so‘ngra otasi bilan tanishib va fikrlashib, uni o‘qishni bitirgach, institutda olib qolishga, ilm va tashkilий­сиёсий faoliyatni uyg‘un tarzda davom ettirishi ustida uning otasi bilan maslahatlashib olishga qaror qildim. Esimda, uni o‘qishni bitirgach, institutda olib qolishga qaror qil- ganimizni eshitib, otasi “Sa’dullajon, bizning farzandimizga ko‘rsatgan ishonchlaringiz uchun rahmat, lekin oilamiz katta, turmushimiz og‘ir, oilada ishlaydigan bitta menman, boshqa topaрмон­тuтармоniмиз yo‘q. Ruxsat etsangiz, o‘g‘limni qishloqqa olib ketsam, ixtisosligi bo‘yicha ishlasa, qanotimga kirib, opasi va ukalariga bosh bo‘lib, ro‘zg‘or tashvishlarining bir tomonini ko‘tarsa, deb niyat qiluvdim, biz ham keksayib qoldik”, deb kelganlari ham yodimda. Endi o‘ylasam, rasmiyatchilik qilib, o‘shanda ro‘paramda zorlanib turgan otaga qattiq turib rad javobini berganman. Men bunga rozi bo‘lmagan va institutda ishlashi lozimligini qat’iy turib talab etgan va pirovardida: “Oqsoqol, sabr qilib turing, u endi faqat sizning o‘g‘lingiz emas, bizning institutimizning ham farzandi! U biroz muddatdan keyin olim bo‘ladi! Yana birozdan keyin katta olim bo‘ladi, mana ko‘rasiz, ilm yo‘lidan ketsa, shubhasiz akademik bo‘ladi! Bunday shaxslar yuz yilda bir keladi! Siz va biz xalaqit bermasak, u elimizning, yurtimizning faxri bo‘ladi! Bilasizmi, men uni kimga o‘xshataman? Bu yigitda buyuk yurtdoshingiz Sharof Rashidovning nafasini sezaman... Sharof aka uning yoshida frontda — ўқ­ёмғирlar ostida kezgan, lekin uning otasi frontdan qishlog‘imga  qaytarib olib  kelayin, o‘g‘lim yonimda yursin demagan! Menga Sharof aka bilan ko‘p bor ko‘rishish, maslahatlarini olishga muyassar bo‘lish nasib etdi. Ayniqsa, shu institutga ham meni Sharof aka jo‘natishda aytgan gaplari qulog‘im ostidan ketmaydi: “Inson umri uzoq emas, lekin uning umrini shogirdlari uzaytiradi!” deganlar... Ne ajab- ki, bu oilada Sharof akaning obro‘si naqadar baland ekan, qarshimda oyoq tirab turgan otaxon birdaniga holvaday yumshab,gapimiz o‘z­o‘zidan qovushib ketdi va xayrlashar ekanlar, niyatni muxtasar qilib: “Endi Sa’dullabek, siz ham menga o‘g‘il bo‘ldingiz, Sharof aka sizga bergan o‘gitlariga sodiq ekansiz... Men ham Sharof akaning ko‘pgina o‘gitlarini olishga muyassar bo‘lganman, bu ulug‘ insonning har bir so‘zi bizning oilamiz uchun ham muqaddas!” desalar bo‘ladimi! Ulug‘larning hikmati, bir og‘iz o‘giti bizning niyatimizni qovushtirgan, katta maqsad yo‘lidagi kurashlarda bizning саъй­harakatlarимизni birlashtirgan, yakdil qilgan. Ko‘rdimki, otaxon ham oddiy otaxon emas, har bir so‘zida purhikmat insonligi namoyon edi!

— Juda qiziq, hikmatli va ibratli voqealar ekan. Xo‘sh,  xolis  niyatingiz  amalga oshdimi? O‘sha yigit kim edi? Agar sir bo‘lmasa...

— Sir emas. O‘sha yigit O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti — Shavkat Miromonovich Mirziyoyev edi. O‘sha paytlar, albatta bu haqda xayol surishning o‘zi bamisoli bir ertakdek tuyulardi, deyish mumkin. Ammo men yuqorida aytdim. Inson ko‘ngli sezadi. Qar- shisidagi kishining manglayida tole yulduzi porlab turganini qalb ko‘zi bilan ko‘radi. Ana shu yulduz shu’lasi ezgu niyatli insonlar qalbida ezgu niyatlarni tug‘diradi, shu tolening ro‘yobiga esh, yo‘ldosh bo‘lishga undaydi. Bundan tashqari, har qanday ezgu orzu­niyat, tilak бўм­бўш joyda tug‘ilmaydi. Unda shubhasizki, ma’no va mantiq, asos bo‘lishi lozim. Xalqimizning: “Olloh niyatingga yo‘ldosh qilsin”, degan duosi, hikmatli iborasi zaminida ham aynan shu asos va mantiq yotadi.

— Tushunarli. Qarang, o‘zimiz sezmagan holda suhbatimizning eng nozik va mas’uliyatli nuqtasiga keldik. Tabiiyki, nafaqat biz, ijodkor jurnalistlar, balki har bir ziyoli, qolaversa, mamlakatning har bir fuqarosi uchun davlatning amaldagi rahbari faoliyati, ayniqsa, uning g‘oyalari asosida, bevosita rahbarligi va shaxsan ishtirokida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar haqida so‘zlashning g‘oyat murakkab jihati bor. Ya’ni xolislik mezonu me’yorlaridan zarracha chetga chiqish mumkin emas. Aks holda, bu qandaydir ta’ma yashiringan maddohlik, xushomadgo‘ylikka o‘xshab qolishi mumkin. Buning ustiga, muhtaram Prezidentimizning o‘zi quruq maqtovlarga qarshi ekanini, ko‘proq mavjud muammolar, kamchilik va nuqsonlar haqida gapirish va yozish zarurligini ko‘p bor takrorlamoqda. Albatta, tanqid qilish oson. Bunga yetarlicha asoslar bo‘lsa, qonun doirasida konstruktiv fikr­mulohаза yuritilsa, marhamat, so‘z erkinligi mustahkam qaror topayotgan huquqiy demokratik jamiyatda tanqiddan xoli hudud ham, shaxs ham bo‘lishi mumkin emas. Tanqid — kelajak mevasi, deyilishi bejiz emas. Nafsilambirini aytganda, mamlakatimiz Prezidentining bu borada tutayotgan sobitqadam siyosati, matbuot va so‘z erkinligi qat’iyat bilan kengaytirilayotgani shu sohadagi xalqaro tashkilotlar, qolaversa, butun dunyodagi demokratik jamoatchilik tomonidan tan olinmoqda, e’tirof etilmoqda.

Kuni kecha o‘z ishini tugatgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari arboblari ishtirokida o‘tgan xalqaro konferensiya bu fikrimizning yana bir yorqin timsoli bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda, dono xalqimizning azaliy rusm va tamoyillariga ko‘ra, buyuk mutafakkir allomalarimizning mumtoz asarlarida yorqin aks etgani kabi voqelikka, shaxs va uning tarixdagi o‘rniga beg‘araz nigoh bilan qarash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon, demoq, yutuqlaru kamchiliklarni xolis baholamoq ham farzdir. Shu munosabat bilan hazrati Alisher Navoiyning buyuk shoh va benazir alloma Mirzo Ulug‘bek haqidagi quyidagi masnaviysini keltirib o‘tish joiz ko‘rinadi:

“Temurxon naslidan sulton Ulug‘bek,

Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek.  

Uning abnoi jinsi bo‘ldi barbod,  

Ki davr ahli biridin aylamas yod.  

Vale ul ilm sori topdi chun dast,

Ko‘zi oldida bo‘ldi osmon past.

Rasadkim bog‘lamish zebi jahondir,  

Jahon ichra yana bir osmondir.

Tuzib bu na’v ilmi osmoni,

Ki andin tuzdi “Ziji Ko‘ragoni.”  

Qiyomatga  deguncha  ahli  ayyom, Yozarlar  aning  ahkomidin  ahkom...”

Ya’ni hukmdorlik qismati nechog‘lik muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga qaramasdan u ilmu fan, bunyodkorlik, el farovonligi borasida amalga oshirgan ishlar avlodlar xotirasida mangu qolgani bag‘oyat xolislik bilan ifodalab berilgan. Bu shohona baytlardan kelib chiqadigan ma’no, fikrimizcha, har qanday saltanatu davlat rahbari abadiyatining shartu kafolati u amalga oshirgan olamshumul bunyodkorliklaru ezgu ishlardir va bular haqida asrlar osha muqarrar ravishda minnatdorlik, faxru g‘urur bilan eslanajak.

Muloqotimizni ana shu tarixiy­фалсафий jihatlarni e’tiborga olgan holda davom ettirsak maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Ya’ni hamonki, siz davlat rahbarini yoshlik yillaridanoq yaqindan bilgan, uning porloq istiqboliga ishongan, bu yo‘lda imkon qadar qo‘lлаб­quvvatлаgaн ekansiz, u kishining bugungi faoliyati haqida ham ustozga xos xolisu talabchanlik bilan fikr bildirasiz,   degan umiddamiz.

— Ha, boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Ustozlardagi sog‘lom fikr, mening nazarimda, shogirdlarning maвқе­martabaси darajasiga qarab o‘zgarishi, ya’ni kechagi talabchanlik bugun mahliyolikka, haybarakallachilikka aylanishi fazilat emas, illat. Unaqa kimsalar ustoz, degan sharafli unvonga nomunosib. Hamisha, har qanday sharoitda o‘zining haq so‘zi, vijdoniyu иймон­e’tiqodиga sodiq ustozgina nafaqat shogirdlari, balki butun jamoatchilik, elu xalq tomonidan e’zozlanadi. Buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur onhazratning o‘z ustozi va murabbiysi Mirsaid  Baraka janoblariga nisbatan umrboqiy ehtiromi bunga yorqin misoldir. Sababi, ul ustoz dunyoning yarmisini zabt etgan, hukmdorlar hukmdoriga ham hamisha to‘g‘ri so‘zni aytganlar.

Mamlakatimizning bugungi rahbari ham ilmu fan zamiridan  yetishib  chiqqan,  siyosatga o‘z bilim va tafakkuri orqali kirib kelgan, zamonlar sinovida chiniqqan davlat arbobidir. Shuning uchun uning faoliyatiga baho bermoqchi bo‘lgan har bir inson ana shuni hisobga olgan holda, ақл­идрок bilan haqqoniylik va adolat nuqtai nazaridan mushohada qilishi lozim, albatta. Mamlakatimiz demokratiya tamoyillari ustuvor bo‘lgan erkin va farovon jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. Леniniзм­сталиniзм davrlaridagi singari rahbarlarga кўр­кўрona sig‘inish aholida qullik kayfiyatini, ikkiyuzlamachilik va soxta madhiyabozlikni shakllantirishi, mute va boqimanda qilib qo‘yishini, bu esa xalqdagi ijodiy tashabbuskorlik xususiyatini so‘ndirishi, azmu irodasini sin- dirishi mumkinligini tarix, hattoki yaqin o‘tmishimiz yaqqol ko‘rsatdi. Shuning uchun yuksak texnologiyalar erasi boshlanayotgan yigirma birinchi asrda “qo‘lbola dohiylar” yaratishning zarurati yo‘q. Ayni paytda, men tobora kengayib borayotgan demokratik islohotlar, so‘z erkinligini suiiste’mol qilgan holda ming mashaqqatu metin iroda bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan кўр­кўрona ko‘z yumib, faqat tanqidbozlikka, ilmiy til bilan aytganda, nigilizmga berilishga ham keskin qarshiman.

Yuqorida o‘zlaringiz to‘g‘ri ta’kidlaganingizdek, yaxshilik, el­yurt ravnaqi yo‘lidagi olamshumul ishlar o‘zining xolis va haqqoniy bahosini olishi, bu haqda очиқ­oshkora aytilishi shart  va  zarur,  deb  o‘ylayman.  Chunki bu e’tirof ana shu yo‘lda kamarbasta bo‘lgan Prezidentni ham kattayu kichik rahbarlardan tortib, oddiy mehnatkashgacha, yaxlit qilib aytganda, buyuk o‘zgarishlar sari bel bog‘lagan xalqimizni ham ruhlantiradi, yanada ilhom, ғайрат­shijoat bilan ishlashga undaydi va o‘z ishtiyoqu intilishlarining to‘g‘riligiga ishontiradi.

Shuni yana bir marta alohida eslatib o‘tishni xohlardimki, men katta nufuz va obro‘­e’tiborga ega oilada o‘sgan, iligiyam, nazariyam to‘q, bu hayotda o‘z oldiga qo‘ygan barcha yuksak maqsadlariga erishgan, farzandlariyu nevaralari kamolini ko‘rish nasib etgan, taqdiridan mingdan­ming rozi baxtiyor insonman. Xudoga shukr, hech kimdan tili qisiq yoxud qandaydir maвқе­martabalarga da’vogarlik  joyim  ham yo‘q. Qolaversa, hamisha o‘zimni tabiatan ancha qattiqqo‘l, o‘ziga ham, boshqalarga nisbatan ham juda talabchan odam, deb hisoblab kelganman. Birovga yaltoqlanish, xushomadgo‘ylik fe’limga mutlaqo yot. Shuning uchun hamisha ko‘nglimdagi fikrlarni рўй­рост aytaman va so‘zlarimning xolisligi va samimiyligiga shubhalanmasalaringiz  ham  bo‘ladi.

 

Yuqorida so‘zlangan misolga qaytadigan bo‘lsak, men Shavkat Miromonovichning yoshlikdagi xislatlari haqida bugun uning hozirgi martabasidan kelib chiqib aytayotganim yo‘q. Xuddi shu fikrlar u hali institut yoshlari yetakchisi bo‘lib ishlab yurgan chog‘larda — oliy dargohimizning yarim asrlik to‘yiga bag‘ishlab 1984 yilda, ya’ni bundan qariyb 50 yil oldin chop etilgan “Mehnat qizil bayroq ordenli Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti” nomli zarvaraq kitobda aynan e’tirof etilgan. Bu misolda yana bir sharqona haqiqat — hech bir inson bu darajadagi yuksak martabaga tasodifan kelib qolishi mumkin emasligi, dono xalqimiz iborasi bilan ifodalasak, buning uchun unga Olloh nazari tushgan bo‘lishi lozimligi ravshan ko‘rinadi. Albatta, bu muqarrar taqdir real ro‘yobga chiqishi uchun benazir ақл­закоvaт, beqiyos mehnatsevarlik, o‘z Vatani va ona xalqiga cheksiz muhabbat va mislsiz fidoyilik talab etiladi. Yana bir bor takrorlayman, xuddi ana shu xislatlarni men endigina yigirma yosh ostonasiga qadam qo‘ygan Shavkat Mirziyoyev siymosida aniq ko‘rgan edim. Uni uchratishim, nomzodiga to‘xtalishim ham albatta, Yaratganning irodasi edi. Bandasi sababchi bo‘ladi, xolos. Binobarin, o‘shanda uning yoshlar yetakchiligi lavozimini ko‘ngildagidek uddalash bilan birga dolzarb mavzuda ilmiy ish olib borgani, keyinroq institut partiya qo‘mitasi kotibi, prorektor vazifalariga loyiq ko‘rilga- ni, saksoninchi yillar oxiri, to‘qsoninchi yillar boshidagi ilk demokratik saylovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi chaqiriq respublika Oliy Kengashi deputatligiga saylangani, parlamentning ilk majlisidayoq undagi mas’uliyatli komissiyalardan biriga yetakchilikka tanlangani, shu tariqa siyosat maydonida o‘zini ko‘rsatib, tuman, ikki viloyat hokimliklarini, mamlakat hukumatini boshqargani va nihoyat oliy martaba

— Prezidentlikka munosib ko‘rilgani tasodif emas, deb hisoblayman. Ilm va ishlab chiqarishni, qolaversa, elu yurt hayotini ichkaridan chuqur o‘rgangan, uni o‘zgartirish, rivojlantirishning eng maqbul yo‘llarini yaqqol tasavvur etaoladigan bunday ziyoli va zahmatkash inson, ulkan shaxsning hokimiyat tepasiga kelishi — xalqimizning baxti, yurtimizning saodati deyishga to‘la haqqu asosimiz bor.

— Demak, davlatimiz rahbarining Yangi O‘zbekiston ahli oldiga bu qadar yuksak marralarni qo‘yayotgani, xususan, jamiyat hayotida Uchinchi Renessans davrini boshlashga azmu shijoat etayotgani bejiz emas. Shundaymi?

— Shак­shubhasiz. Mamlakatimizning bugungi Prezidenti olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga, avvalo, xalqimiz, qolaversa, jahon ahli berayotgan xolis baho, haqqoniy e’tiroflar bu fikrni yana bir karra  tasdiqlaydi. Shu narsa oynaday ravshan bo‘lib turibdiki, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Prezidentligi davrida O‘zbekistonga tamoman yangicha иқтисоdiй­сиёсий, ijtimoiy­maънавий, ilmiy­maърифий iqlim kirib keldi. Elu xalqimiz ana shu eruvgarchilik iqlimining iliq va tiniq epkinlaridan erkin nafas ola boshladi. Erkin fikrlash, erkin so‘zlash muhiti yuzaga keldi. Odamlar uyda bir gapu ko‘chada boshqa gapni gapirmasdan dardu hasratini, muammolarini очиқ­oshkora ayta boshladi. Chunki buni tinglaydiganlar topildi. Xalq bilan nafaqat Prezident qabulxonalari yoki maжлис­maшvaратlarda, balkim bevosita mahallasiga, uyiga borib, uchrashib, suhbatlashib, arzini eshitib, muammosini joyida, vaqtida hal etish yo‘lga qo‘yildi. Bu kimlargadir, qanaqadir mayda ishlar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin ulug‘ allomamiz hazrati Alisher Navoiy yozganlar- ki, osmonda quyosh bo‘lib porlagandan ko‘ra bir kambag‘alning qumg‘onini qaynatguvchi cho‘g‘ bo‘lgan afzaldir. Boshqacha aytganda, eng ulkan va mushkul muammolar yechimi xalqning eng oddiy tashvishlarini hal qilishdan boshlanadi.

Xuddi shu ma’noda aholimiz uchun eng dolzarb hisoblanadigan, lekin yillar davomida yashirishga urinib kelingan kambag‘allik mu- ammosi haqida ochiqcha munozara yuritilib, unga qarshi keskin kurash boshlanganini chin ma’noda inqilobiy hodisa, deyish mumkin. Xuddi shu muammodan kelib chiquvchi aholini uй­жой bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining oldingi o‘rinlariga qo‘yilgani, qisqa muddat ichida bepoyon yurtimiz ulkan qurilish maydoniga aylantirilib, uzoq yillar boshpanasizlik uqubatini boshdan kechirgan minglab, o‘n, yuz minglab oilalar Vatan ichra o‘zining mo‘’jaz vataniga ega bo‘lganliklari ayni haqiqat.

Qishloq xo‘jaligi ravnaqi, qishloq aholisining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilash va- zifasi kun tartibining boshiga qo‘yildi va dadil саъй­harakatlar tezda o‘z samarasini ko‘rsatdi.

Ilm­fanga, ta’lim­tarbiyaga  bo‘lgan munosabatning tubdan o‘zgargani haqida alohida, soatlab, aniq­ravshan misollar bilan so‘zlash mumkin. Boshqa ko‘plab sohalarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xullas, hayotimizning barcha jabhalarida jonlanish, ўсish­o‘zgaрish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Buni e’tirof etmaslik, tan olmaslik haqiqatdan ko‘z yumish bo‘ladi. Tashqi siyosat haqida gapirib o‘tirmayman. Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzi bugun qanchalik ortib borayotganini xalqimiz ham, jahon afkor ommasi ham yaqqol ko‘rib turibdi.

Bu haqda soatlab gapirish mumkin. Lekin Prezidentga xos yana bir betakror va muhim xususiyat — uning erishilayotgan natijalar bilan aslo qoniqmasligi, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmasligi, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zi va komandasi oldiga mudom biri­biridaн murakkab vazifalar qo‘yishga, marrani baland olishga harakat qilishidir.

— Xo‘sh, nega shunday? Bunday тиniб­тинчимaslик, yillab dam olmasdan ishlash, ulkan mamlakatning u burchidan bu burchiga qadar qadamба­qadam kezish, erishilgan natijalar bilan qoniqib xotirjamlikka berilib qolmaslik sabablari nimada?

— Mening nazarimda, buning eng birinchi sababi, mamlakatning bugungi rahbari mamlakatdagi uzoq yillar davomida yuzaga kelgan ayanchli holatni ич­ichidaн chuqur bilgani, yillar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning og‘riq azoblarini юрак­юрагиdan o‘tkazgani, ana shu nuqsonlar uchun o‘zini ham mas’ul, deb bilgani va eng muhimi, bu haqdagi haqiqatni xalqning ko‘ziga tik qarab mardonavorlik bilan oshkora gapira olgani, ana shu ahvolni tuzatishga fidokorona bel bog‘lab, ommani o‘z jahdu shiddatiga inontira olgani, ishontira olgani ortidan ergashtira olganidir. Binobarin, u shiddatli vaqtning har bir kuni, soatidan oqilona, unumli foydalanishni, yillar davomida boy berilgan imkoniyatlarni mumkin qadar tezroq yuzaga chiqarishni, ko‘zlangan marralarga tezroq yetib borishni istaydi. Meni sevintiradigan o‘ta muhim bir jihat bor: xalqimiz o‘z Prezidentiga faqat saroyda o‘tirib farmoni oliy imzolaydigan hukmdor yoki huv balandda — qandaydir qo‘l yetmas joydagi oliymaqom amaldor deb emas, istagan paytda har qanday xonadonga kirib kelishi, poygakka tuflisini yechib, oddiy bir dehqon yoxud ishchi, quruvchi yoki o‘qituvchi oilasi bilan bir dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida yurakdan muloqot qilib, turmushning turfa tashvishlarini yengishda beminnat amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yaqin odami, ji- garbandidek qaramoqda. Unga to‘g‘ridan­to‘g‘ri dadil murojaat etmoqda. Chunki shu murojaat izsiz ketmasligiga, e’tiborsiz qolmasligiga ishonchi komil bo‘lmoqda. Bunday tole har qanday davlat boshlig‘iga ham nasib etavermaydi. Buning uchun muhtaram Prezidentimizning o‘z ta’biri bilan aytganda, odam o‘z xalqini yurakdan sevishi, kechayu kunduz uning tashvishi bilan yashashi, unga darmon bo‘lishi, muammolarini yechish yo‘lida o‘zini muttasil qiynashi kerak. Hech ikkilanmasdan, komil ishonch bilan aytamanki, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning xarakterida xuddi shunday хислат­fazilatlar o‘z tajassumini topgan. O‘ylaymanki, bu xarakter, bunday azmu iroda uning nasli pok, yetti ajdodi halol mehnatdan obro‘ topgan sulolaga mansubligi, o‘zi ham bolalik, o‘smirlik va ayniqsa, yoshlikdan zah- matlarda, izlanishlaru mashaqqatlarda, murakkab sinovlarda chiniqishi natijasidir.

Fikrlarimning xulosasi sifatida bitta istakmi, tilakmi, talabmi, qanday atash sizlarga havola, bildirmoqchiman: mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovichga yovqur yoshlik yillaridan buyon xos, ayni kunlarda ham yorqin namoyon bo‘layotgan битmaс­тugaнmaс кuч­ғайрат, shiddatu shijoat, ilmiyroq qilib aytsam, so‘nmas energiya uni hech qachon tark etmasin!

— Katta rahmat, domla. Suhbatimiz yakunida o‘zingizning bugungi ilmiy amaliy ishlaringiz, nimalar haqida bosh qotirayotganingiz, qanday muammolar yechimi ustida tadqiqotlar olib borayotganingiz xususida ham ikki og‘iz gaplashsak.

—Ma’qul. Yuqorida tarjimai holimning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini me- xanizatsiyalash muhandislari instituti bilan bog‘liq qismiga kelib to‘xtagan edim. Shundan so‘ng taqdir taqozosiga ko‘ra 1987­1990 yillarda shu institutdagi paxtachilikni kimyolashtirish laboratoriyasi mudiri, 1991 yildan 2000 yilgacha Toshkent Farmatsevtika instituti rektori, shu bilan bir paytda 1992­1993 yillarda “O‘zfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi, 2007­2017 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori maslahatchisi bo‘lib ishladim. Shu davr mobaynida kimyo bo‘yicha o‘z shaxsiy ilmiy maktabimni yaratdim, tibbiyot sohasida yangi dori vositalari ishlab chiqarish uchun farmatsevtika korxonasi tashkil etdim, qishloq xo‘jaligi sohasida paxtachilik, g‘allachilikni rivojlantirishda o‘z ixtirolarimni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ishlab chiqarish korxonasi ochdim. Unda bug‘doy urug‘i va paxta chigiti zararkunandalariga qarshi polifunksi- onal “Bahor” va “Qalqon” preparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga  qo‘yildi. Ushbu  dori  vositalari respublikada amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, 2017 yilda ochilgan “Navkar Sh” MCHJ farmatsevtika korxonamizda qattiq dori shakllari(tabletka, kapsula) va mineral tuzlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Xullas, ish ko‘p, vaqt tig‘iz, xudo umr, tinchlik va salomatlik bersa, kelgusidagi rejalarimiz ham bir talay.

— Ғайрат­shijoatiнгизga ko‘z tegmasin, domla. Ko‘zlagan ezgu maqsadlaringizga erishishingizga, elimizning piru badavlat nuroniy otaxonlari safida hamisha соғ­salomaт, барdam­баquvvat bo‘lib yurishingizga tilakdoshmiz. Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur!

Suhbatdoshlar: Sharof UBAYDULLAEV,

Habib TEMIROV O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari