English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik litseylarning reyting ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?
08:47 / 2021-06-12

bugungi kunda mamlakatimizda 65 ta akademik- litsey faoliyat ko‘rsatib, ularda 31 790 nafar o‘quvchi tahsil oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyun kuni qabul qilingan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Ta’lim inspeksiyasi har yili 1 sentyabrga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar reytingini e’lon qiladi. Shuningdek, akademik litseylar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritilib, reyting ko‘rsatkichlari past bo‘lgan ta’lim tashkilotlariga nisbatan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi.

Akademik litseylar reytingi nizomga binoan quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:

- o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat ko‘rsatkichi);

- oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilar ulushi;

- reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan (sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan) o‘quvchilar ulushi;

- chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ulushi;

- ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi;

- xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida birinchi 1 000 talikka kirgan OTM diplomlariga ega bo‘lgan mahalliy pedagoglar ulushi;

- akademik litseydagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakka, bu mezon akademik litseylar reytingiga ega «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari va boshqa harbiylashtirilgan akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Reyting natijalari har yili yangi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

Reyting natijalaridan kelib chiqib, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, tegishli hududlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi va tegishli tartibda moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA