Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik litseylarga qabul boshlandi
11:53 / 2025-06-10

Joriy yil 10 iyundan 2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz (https://my.edu.uz/) portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga  ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (DF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi g‘olibi ekanini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak). Shuningdek, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” yoki Vazirlikning @eduuzuniversal (https://t.me/eduuzuniversal) boti orqali olish mumkin.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA