Akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkaziladi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2025 yil 24 iyul kuni respublikaning barcha hududida, 25 iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan joylarda ikki smenada o‘tkaziladi.
Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti - birinchi smena soat 9:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA