English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik litseylarda ta’lim sifati oshiriladi
15:12 / 2025-11-28

IIV akademiyasida ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning bugungi holati, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tizim tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati va akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek akademiya rahbariyati, fakultet va kafedralar boshliqlari qatnashdi. 

Yig‘ilganlar akademik litseylarda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagog kadrlar salohiyati, o‘quvchi yoshlarning bilim darajasi, bu boradagi dolzarb talablar yuzasidan fikr almashdi.

Izchil islohotlar davrida Prezidentimizning muhim qarorlari bilan tizim uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Litseylarda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganib amaliyotga joriy qilish, o‘quv jarayonlarini yangicha metodlar bilan boyitish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirib borish, iqtidorli yoshlar bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy bilim, jangovar-jismoniy ko‘nikmalar, zamonaviy axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni mukammal o‘rgatish zarurligi ta’kidlandi. 

“Biz ta’limga mustahkam poydevor qo‘ysak, shunda natijaga erishamiz. Buning uchun o‘quvchilarimizni yoshlikdan boshlab yuksak bilimli, ma’nan va jismonan sog‘lom, kasbiga sadoqatli, fidoyi, vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalab borishimiz kerak”, – dedi IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov.

Muloqot chog‘ida litsey bitiruvchilarining akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatiga qabul jarayonida qayd etgan natijalari, o‘qish davomida fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, amaliyotda yosh xodimlar duch kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. O‘quv maskanlari rahbarlarining takliflari tinglanib, hududlarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Jamshid Xolov,

IIV akademiyasi Axborot xizmati