Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi
12:39 / 2017-09-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorda akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar belgilangan tartibda yotoqxona hamda ota-onalar to‘lovi hisobiga (har oyda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida) xarajatlarni qisman qoplagan holda, imtiyozli oziq-ovqat bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar qabuli to‘xtatilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari mazkur akademik litseylarda ta’limni amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha belgilangan tartibda yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomi beriladi.